Ekologik huquqbuzarliklarni dron yordamida aniqlash boshlandi
Dron yordamida noqonuniy huquqbuzarliklar aniqlanmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida joriy yil 24 avgust kuni Peshku tumani Qoraqir massivida dronlar orqali ekologik nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Olib borilgan tadbirlar davomida, Qoraqir massividan fuqaro A.B. hech qanday ruxsatnomasiz qamish o‘simligini yuk mashinasiga yuklab olib ketayotgani aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi.
Viloyat bo‘ylab dronlar yordamidagi nazorat reyd tadbirlari davom ettirilmoqda, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid
07:50
Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi
10:50 / 14.09.2024
Reuters: Rossiya o‘z dronlari uchun Xitoy dvigatellaridan foydalanyapti
16:58 / 12.09.2024
Rossiyada 8-9-sinflar uchun dronlar bo‘yicha darslik chop etildi
16:32 / 10.09.2024