Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri ayrim hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi
Bugun, 26 avgust kuni Toshkent shahrining Olmazor hamda Yashnobod tumanlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 08:00 dan 17:00 qadar vaqtinchalik o‘chirildi.
Yashnobod tumanining Chashma, Shavkat, Farg‘ona yo‘li, Tabassum, Ohangrabo hamda Tabibiy ko‘chalari, Olmazor tumanining Guruchariq mahallasi 9-, 10-, 11- hamda 12-sonli ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chirilgan.
Iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli yetkazib berish, avariyali uzilishlar oldini olish, kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash, joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Shu sababli, ushbu hududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni vaqtda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» tasarrufidagi tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan vaziyatni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, hududlarda tezkor brigadalar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
11:16 / 24.05.2025