O‘zbekiston | 10:09 / 27.08.2022
6077
2 daqiqa o‘qiladi

Kadastr pasportini tayyorlash qanday muddatda amalga oshirilishi aytildi

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan «Ko‘chmas mulk obektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish» ma’muriy reglamentiga ko‘ra, kadastr pasportini tayyorlash obekt murakkabligiga qarab qator muddatlarda amalga oshiriladi.

Ular quyidagicha:

  • ko‘chmas mulk obektlari turar joyga oid qismi bo‘yicha: ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha; yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;
  • ko‘chmas mulk obektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha: umumiy maydoni 100 kv m — 5 ish kunigacha; umumiy maydoni 100 kv mdan 1 000 kv mgacha — 7 ish kunigacha; umumiy maydoni 1 000 kv mdan 5 000 kv mgacha — 10 ish kunigacha; umumiy maydoni 5 000 kv mdan 15 000 kv mgacha — 15 ish kunigacha; umumiy maydoni 15 000 kv mdan 50 000 kv mgacha — 20 ish kunigacha; umumiy maydoni 50 000 kv mdan ortiq — 25 ish kunigacha;
  • ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid