O‘zbekiston | 15:03 / 29.08.2022
4330
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi tezyurar poyezdlarda 4G tarmog‘i ishlay boshladi

Foto: KUN.UZ

AKT vazirligi rahbariyati «Veon» kompaniyasi vakillari bilan Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi tezyurar poyezdlarni tezkor internet bilan ta’minlash masalasini muhokama qildi.

Vazirlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, vazir Sherzod Shermatov «Veon» kompaniyalar (Beeline Uzbekistan) guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzio‘g‘li bilan uchrashgan. Uchrashuvda kompaniya vakillari Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi tezyurar poyezdlarda sayohatchilar endi Beeline orqali yuqori tezlikdagi internetdan bemalol foydalanishlari mumkinligi haqida axborot berishgan.

Uchrashuv davomida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida «Veon» kompaniyalar guruhi bilan hamkorlikni kengaytirish, ayniqsa, magistral yo‘llarda mobil xizmatlarni yanada yaxshilash masalalari muhokama qilingan.

Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi tezyurar poyezdlarda yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazilgan.

Tomonlar ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida keng qamrovli hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalarni muhokama qilishgan.

Mavzuga oid