Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada ukrainalik bolalar qatnaydigan bog‘chaga o‘t qo‘yishga urinish kuzatildi
Leypsig tumanlaridan birida bolalar bog‘chasiga o‘t qo‘yishga urinish sodir bo‘ldi. Politsiya siyosiy sabablarni istisno qilmayapti.
Germaniya sharqidagi Leypsig shahrida noma’lum shaxslar o‘tgan hafta oxirida Ukrainadan kelgan qochqinlar farzandlari boradigan bolalar bog‘chasiga o‘t qo‘yishga urindi, deb xabar berdi Bild gazetasi 30 avgust, seshanba kuni. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchilar Gryunau tumanidagi Entdeckerland bolalar bog‘chasiga kiraverish yaqinida spirt yoki benzin kabi yonuvchi suyuqlikni to‘kib yuborishgan va uni yoqishgan.
Jiddiy yong‘in sodir bo‘lmagan, old eshik faqat olovdan ozgina zarar ko‘rgan. Hujum bolalar bog‘chasi yopilganidan keyin sodir bo‘lganligi sababli, qurbonlar yo‘q.
Entdeckerland bog‘i 26 avgust kuni kechqurun yonuvchi buyumlar bilan hujum qilingan qochqinlar boshpanasidan yetti yuz metr uzoqlikda joylashgan. Bolalar bog‘chasi va boshpana bir-biridan atigi sakkiz daqiqalik piyoda masofada joylashgani uchun politsiya ikki hujum o‘rtasida bog‘liqlik borligini istisno qilmayapti.
Huquq-tartibot idoralari ushbu jinoyatlarni ochishga yordam beradigan dalillarni izlash uchun guvohlar bilan suhbatlashmoqda, videokuzatuv kameralari va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni o‘rganmoqda.
Gryunaudagi hujumlar 30 yil avval Rostok shahrida irqiy to‘qnashuvlar qurbonlarini xotirlash haftasiga to‘g‘ri keldi, shuning uchun tergov siyosiy sabablarni istisno etmadi. Jinoyat ishlari bo‘yicha bo‘limning «Zo‘ravonlik» maxsus guruhi ishga jalb etilgan bo‘lib, ular terrorizm va ekstremizm holatlarini tergov qilish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025