Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi «Jartepa» chegara bojxona posti 11 kunga yopiladi
“Jartepa" chegara bojxona postida fuqarolar va transport vositalari harakatlanishiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi.
Samarqand viloyatidagi “Jartepa" chegara bojxona postida yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida binolarni kapital ta’mirlash va hududda obodonlashtirish ishlari olib borilyapti.
Viloyat bojxona boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu sababli 2022 yil 5-16 sentabr kunlari mazkur bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalari harakatlanishlariga vaqtinchalik cheklov joriy etiladi.
Mazkur cheklov quyidagi holatlarda tatbiq etilmaydi:
- diplomatik va xalqaro tashkilotlar xodimlariga;
- rasmiy (hukumat) delegatsiyalar tarkibiga kiruvchi shaxslarga;
- respublikada investitsiya loyihalari doirasida faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy tashkilotlar xodimlariga;
- xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga;
- mamlakatda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;
- Tojikiston davlatida doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga;
- o‘z yurtiga qaytayotgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga;
- Tojikistonga ketayotgan uchinchi davlat fuqarolariga.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025