Samarqandga bormoqchi bo‘lgan fuqarolardan tashrifni boshqa muddatga ko‘chirish so‘raldi
Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida harakat vaqtinchalik cheklanadi.
Joriy yil sentabr oyida Shanhay hamkorlik tashkiloti navbatdagi sammiti Samarqand shahrida o‘tkaziladi.
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan, 14 sentabrdan 17 sentabrga qadar Samarqand shahri Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Universitet xiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Rudakiy, Shohizinda, Usto Umar Jo‘raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed ko‘chalarida transport vositalari harakati cheklanadi.
Harakat qatnovi cheklangan ko‘chalarda tez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.
14, 15, 16 va 17 sentabr kunlari Samarqand shahriga kelmoqchi bo‘lgan fuqarolardan tashriflarini boshqa muddatga ko‘chirish so‘ralgan.
Ma’lum qilinishicha, shu kunlari Samarqand shahriga kirish vaqtinchalik cheklanadi.
Mavzuga oid
13:49
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024