Jahon | 13:24 / 04.09.2022
48920
6 daqiqa o‘qiladi

Xarkiv va Donbass o‘qqa tutilmoqda, Kiyevda vidolashuv. Urush suratlari

RF mudofaa vazirligi yana bir bor Ukrainani Zaporijjya AESni egallab olishga urinishda aybladi, Ukrainada bu xabarlar bo‘yicha munosabat bildirilmadi. Zaporijjya oblastining Rossiya nazoratiga o‘tgan qismida referendum uchun qurilmalar keltirildi. Ukrainada Moskva viloyatida 25 yilga qamalgan jinoiy to‘da rahbari halok bo‘ldi, Putin uni o‘limidan keyin jasorat medali bilan taqdirladi. Moskvada Mixail Gorbachyov bilan xayrlashuv marosimida besh kishi qo‘lga olindi, jumladan «Net voyne» yozuvi aks etgan znachok taqqan uch ayol ham. Siemens Energy «Shimoliy oqim» to‘xtatilishi uchun texnik sabab topa olmadi.

Donbass shimoli

Ukrain o‘t o‘chiruvchilari Kramatorskda raketa zarbasi kelib tushgan joyda ishlamoqda. Shahar yirik logistik markaz hisoblanadi va urush boshidan buyon muntazam ravishda o‘qqa tutib kelinmoqda, ukrain qo‘shinlari Severodonetsk va Lisichanskdan otib kelingach, zarbalar kuchaygan.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Kramatorskda vayron bo‘lgan bozor hududida ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar.
Ammar Awad / Reuters / Scanpix / LETA
Slovyanskda rossiyaliklar zarbasidan vayron bo‘lgan «Teremok» bolalar bog‘chasi. Shahar meri Vadim Lyax hujum vaqtida halok bo‘lganlar yo‘qligini aytgan.
Ammar Awad / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk

Donetskda onasi jasadi oldida yig‘layotgan ayol. RIA Novosti xabariga ko‘ra, shahar ukrain harbiylari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, bir kishi yaralangan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv

Ukraina bo‘ylab uchirilgan Rossiya raketalarining Xarkivda tong otish mahalidagi ko‘rinishi
Vadim Belikov / AP / Scanpix / LETA
Xarkivdagi bombapanagoh. Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganida shahar doimiy zarbalar ostida qolgandi, ammo aprel oyida bu hududdagi operativ vaziyat sokinlasha boshladi va keyingi oylarda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmadi.
David Ryder / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Xarkivda otishmalar chog‘ida jiddiy shikastlangan maktab. Xarkivda yoz bo‘yi kuchlar nisbati o‘zgarmadi, lekin zarbalar davom etdi. Surat 2 sentabr kuni olingan. Foto: David Ryder / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Kutubxona xodimi raketa zarbasi oqibatlarini bartaraf etmoqda. Xarkiv 24 fevraldan buyon o‘qqa tutib kelinadi, ammo Rossiya qo‘shini shaharni ololmagan. Foto: Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Zaporijjya AES

 

Energodarda Zaporijjya AES ustida uchayotgan harbiy vertolyot. Zaporijjya oblastining RF nazoratiga o‘tgan qismidagi yangi ma’muriyat stansiya 2 sentabr kuni kechqurun yana o‘qqa tutilganini xabar qilgan. Snaryadlardan biri ikkinchi va uchinchi energobloklar o‘rtasiga kelib tushgani aytilgan. Natijada Dneprovsk elektr uzatish tarmog‘i shikastlangan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mariupol

Mariupol aeroporti hududini minalardan tozalash jarayoni, hududda rossiyalik sapyorlar ishlamoqda. 18 avgust kuni TASS aeroport hududida 17 mingdan ortiq «portlash xavfi bo‘lgan  predmetlar» yo‘q qilingani haqida xabar bergandi. «DXR» rahbariyati yaqin uch yil ichida Mariupol aeroporti faoliyatini tiklashni va’da qilgan.

Vladimir Gerdo / TASS
Vladimir Gerdo / TASS
Vladimir Gerdo / TASS

Lviv

Lvivda ko‘ngillilar Ukraina armiyasi uchun kamuflyaj to‘rlar tayyorlamoqda. 3 sentabr kuni bir yarim mingga yaqin ukrainlar birgalikda ishlash uchun to‘plandi, ular ikki ming kvadrat metr hajmdagi kamuflyaj tayyorlashni reja qilishgan.
Mykola Tys / EPA / Scanpix / LETA
Lvivliklar kamuflyaj matosini asosiy to‘rga to‘qimoqda. Bunday ko‘ngillilar aksiyalari avvalroq Ukrainaning boshqa shaharlarida ham bo‘lib o‘tgandi. ​​​​​​Foto: Mykola Tys / EPA / Scanpix / LETA

Kiyev 

Kiyevda ukrainalik razvedkachi mergan «Tengri»ning jasadi olib o‘tilayotgan dafn marosimiga kelgan ayollar gul ko‘tarib turibdi. Halok bo‘lgan harbiyning shaxsi oshkor etilmagan, portretlarda uning yuzi niqob bilan to‘silgan.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari jangda halok bo‘lgan mergan «Tengri»ga hurmat bajo keltirishmoqda.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
«Tengri» laqabli razvedkachi mergan bilan vidolashuv marosimi. Foto: Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid