Shuhrat Teshayev qishloq xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyatida yangi o‘zgarish amalga oshirildi.
“Davlat boshqaruvi” kanali xabariga ko‘ra, Shuhrat Jo‘raqulovich Teshayev qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Xabarda uning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimini tark etgani aytiladi, biroq yangi xizmat joyi haqida ma’lumot berilmagan.
Shuhrat Teshayev 1969 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: olim-agronom. U qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor hisoblanadi.
Sh.Teshayev mehnat faoliyati davomida «Paxta» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori, qishloq va suv xo‘jaligi vazirining agrotexnologiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
2014-2016 yillarda O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vaziri bo‘lgan. 2016-2018 yillarda qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori, 2018-2019 yillarda Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.
U 2019 yil 26 fevraldan beri O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
15:43 / 28.09.2024
Birjada paxta narxi 11 ming so‘mgacha ko‘tarildi. Bu nimadan darak?
12:38 / 27.09.2024
Qashqadaryoda paxta xaridi bo‘yicha raqobat cheklanmoqda
21:29 / 25.09.2024
QXV fermerlarga bosim bo‘layotgani bilan bog‘liq vaziyatni “to‘g‘ri talqin qilish”ni so‘radi
17:09 / 24.09.2024