FVV rahbari Samarqand xalqaro aeroportida maxsus mashqlar o‘tkazdi
Joriy yil 6 sentabr kuni Samarqand xalqaro aeroportida favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
FVV xabariga ko‘ra, mashqlar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamda tegishli xizmatlar ishtirokida «Aeroport negizidagi fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibi hamda tegishli xizmatlar kuch va vositalari hamkorlikdagi harakatlari» mavzusiga bag‘ishlandi.
O‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra, dastlabki bosqichida favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tizimiga kiruvchi idora va tashkilotlar shaxsiy tarkibi, ularga biriktirilgan texnika, asbob-anjomlar shayligi saf ko‘rigi orqali ko‘zdan kechirilgan.
Shundan so‘ng, navbatdagi bosqichda avariya-qidiruv va boshqa tezkor tadbirlar, jabrlangan insonlarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiyot muassasasiga yuborish tadbirlari bajarildi.
O‘quv mashqi yakunida Favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan ishtirokchilarga zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun, 15 va 16 sentabr kunlari Samarqandda Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda tashkilotga a’zo mamlakatlar barcha rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Hozirgi kunda ShHT tarkibiga sakkiz davlat – Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Hindiston va Pokiston kiradi.
Mavzuga oid
19:31 / 14.11.2024
Aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1,5 ming dollar olgan xodim ushlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024