Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatorlar Senat raisi o‘rinbosari to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi
Senat 32-yalpi majlisi qachon chaqirilishi ma’lum qilindi.
Joriy yil 7 sentabr kuni Senat kengashi navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Majlisda Senat o‘ttiz ikkinchi yalpi majlisini 2022 yil 13 sentabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Yalpi majlisda senatorlar Senat raisi o‘rinbosari to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadilar.
Yalpi majlisda bir qator qonunlar muhokama qilinadi. “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi, “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidan.
“Fuqarolar davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi hamda “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar ham ko‘rib chiqiladi.

Yalpi majlisda davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari 2022 yil I yarim yilligi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hisobotini, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri 2022 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitish rejalashtirilgan.
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik, O‘zbekiston, Dang‘ara, Qo‘shtepa, Toshloq, Farg‘ona tumanlari va Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlari chegaralarini o‘zgartirish, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahri Davlatobod tumani hamda Namangan shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqiladi.
Senatorlar Boyovut, Qarshi, Olot, Bo‘ston va To‘raqo‘rg‘on tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini o‘rganish natijalarini muhokama qiladi.
Yalpi majlisda davlat organlari va tashkilotlari tizimida 2022 yil birinchi yarmida murojaatlar bilan ishlash holatini ko‘rib chiqish nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
12:23 / 28.05.2025
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinadi
16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
13:00 / 30.04.2025