O‘zbekiston | 15:38 / 09.09.2022
7986
2 daqiqa o‘qiladi

«ShHT – G‘arbga qarshi tuzilma emas» - Rahmatilla Nurimbetov

Rossiyaning qator OAVlari Samarqand sammiti oldidan Shanhay hamkorlik tashkilotini go‘yoki Rossiya va Xitoyning NATOga javobi sifatida talqin qilyapti. O‘zbekistonning ShHT ishlari bo‘yicha milliy koordinatori Rahmatilla Nurimbetov Kun.uz'ga bergan intervyusida O‘zbekistonning bu boradagi pozitsiyasini aytib o‘tdi.

Foto: Kun.uz

Koordinatorga ko‘ra, sammit rasmiy protokol doirasida bo‘lib o‘tadi va uning kun tartibida geosiyosiy inqiroz masalalari yo‘q.

«Bu tashkilotda har bir masala, kun tartibi ham konsensus asosida shakllantiriladi.

Avvalo milliy koordinatorlar kun tartibi yuzasidan har bir masalani kelishib olishadi. Shundan keyin kun tartibi tashqi ishlar vazirlari darajasida ko‘rib chiqiladi. Tashqi ishlar vazirlari Toshkentda 29 iyulda Samarqand sammiti kun tartibini tasdiqlashgan. Unda global geosiyosiy inqirozlar masalasi yo‘q.

Albatta, davlatlar yetakchilari global va mintaqaviy masalalar bo‘yicha fikr almashishi mumkin. Ammo bu masala bo‘yicha qaror loyihasi, hujjatlar, eng asosiysi, Samarqand deklaratsiyasida ham hech qanday geosiyosiy maqsadlarni ko‘zlaydigan bayonot, chaqiriqlar yo‘q va bo‘lmaydi ham.

Ha, bu bo‘yicha axborot foni bo‘lishi mumkin, bundan qochish imkonsiz, ammo yana bir marta ta’kidlayman – ShHT G‘arbga yoki boshqa tashkilotlarga qarshi tuzilma emas», – dedi Nurimbetov.

Eslatib o‘tamiz, Shanhay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Unda 15 ta davlat rahbari ishtirok etadi.

“O‘zbekiston oldingi ma’muriyat kabi oq va qora tashqi siyosatni davom ettirmoqchi emas” — Rabbimov

ShHTning geosiyosiy o‘rni va O‘zbekiston manfaatlari — Samarqand sammiti oldidan ekspertlar bilan suhbat

Илёс Сафаров
Tayyorlagan Илёс Сафаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid