Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT Samarqand sammitiga keladigan xalqaro tashkilotlar ma’lum bo‘ldi
Sammitda ishtirok etmoqchi bo‘lgan xalqaro tashkilotlar orasida BMT hamda uning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, YuNeSKO, MDH, KXShT, YeOIK, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Arab davlatlari ligasi kabi tashkilotlar bor.
15-16 sentabr kunlari Samarqandda o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar sammitida ishtirok etishini tasdiqlagan xalqaro tashkilotlar ma’lum bo‘ldi.
Rasmiylarga ko‘ra, ShHT sammitida ishtirok etmoqchi bo‘lgan xalqaro tashkilotlar orasida BMT hamda uning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, YuNeSKO, MDH, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT), Yevroosiyo iqtisodiy kengashi, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Arab davlatlari ligasi kabi tashkilotlar bor.
ShHTning bunday keng formatdagi sammiti ilk bor Samarqandda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Ekspertlarning fikricha, bu nufuzi ortib borayotgan va geografik ko‘lami kengayib borayotgan tashkilotga yanada kengrok hamkorlik va muloqot maydonchasiga aylanishi uchun yaxshi imkoniyat ochib beradi.
Avvalroq ushbu sammitda ishtirok etadigan 15 mamlakat rahbarlari nomi e’lon qilingandi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025