Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Charlz III taxtga o‘tirishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi qiroli Charlz uchinchiga uning taxtga o‘tirishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Maktubda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va yuksak hurmat ruhidagi keng qamrovli sheriklik kelgusida ham izchil rivojlanishiga ishonch bildirilgan.
Davlat rahbari qirolga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda faoliyatida ulkan yutuqlar, Birlashgan Qirollik xalqiga tinchlik-osoyishtalik, davomiy ravnaq tilagan.
10 sentabr kuni Buyuk Britaniya taxtining vorislik kengashi Charlz III’ni Buyuk Britaniyaning yangi qiroli deb rasman e’lon qildi.
Proklamatsiyani taxt vorisi shahzoda Uilyam, qirolicha konsorti Kamilla, kengash rahbari, Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass va Kenterberi arxiyepiskopi darhol (ustunlik tartibida) imzoladilar.
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8 sentabr kuni 96 yoshida vafot etdi. So‘nggi oylarda Yelizaveta II sog‘ligi tufayli ko‘plab tadbirlarda ishtirok eta olmadi. 2022 yil fevralida u kovidga chalingandi; bahorda qirolicha «harakatlanishdagi epizodik muammolar» tufayli qator ommaviy tadbirlarni o‘tkazib yubordi, iyun oyi boshida esa u o‘zining taxtga chiqishining 70 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan tantanalarda deyarli qatnashmadi.
Mavzuga oid
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024