Jahon | 13:53 / 13.09.2022
31522
6 daqiqa o‘qiladi

Ukrain harbiylarining yangi o‘ljalari, Belgorodda qochqinlar lageri. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 201-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina harbiylari Shimoliy Donning chap sohilidagi Svyatogorsk shahri ozod etilganini xabar qilishdi, rossiyaliklar bu shaharni iyun oyida egallashgandi. «DXR» rahbari Denis Pushilin hozircha shahar tomonlarning hech biri tomonidan «to‘liq nazorat qilinmayotgani»ni ma’lum qilgan.
  • Ukraina armiyasining «Janub» operativ qo‘mondonligi so‘nggi ikki haftada Xerson oblastida 13 ta aholi punktlari ozod etilib, 500 kv.km hudud Ukrainaga qaytarilganini e’lon qildi. Beshta aholi punktlari nomma-nom keltirilgan: shimolda Dnepropetrovsk oblast bilan chegara hududidagi Visokopilya, Novovoznesenske va Mirolyubivka, janubroqda Mikolayiv oblasti chegarasidagi Bilogirka va Suxiy Stavok.
  • Ukraina prokuraturasi Chuguyiv rayonidagi ozod etilgan Zaliznichnoye qishlog‘ida tinch aholi vakillari bo‘lgan to‘rt kishi jasadi topilgan - ularda qiynoq izlari aniqlangan.
  • Rossiyaning Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov dushanba kuni tongda ukrain harbiylari artilleriyadan rossiyaliklarning Logachyovka qishlog‘idagi chegara punktini o‘qqa tutganni xabar qildi, natijada keksa yoshli ayol halok bo‘lib, yana to‘rt kishi yaralangan.
  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya Yevropaga elektr energiyasi eksport qilmasligi uchun Ukrainaning energetika obektlariga raketa zarbalari berayotganini aytdi.
  • Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchuk ozod etilgan hududlarda bu yerga Rossiya dasturi bo‘yicha dars berish uchun kelgan rossiyalik o‘qituvchilar qo‘lga olingani — endi ular sud qilinishi va urush urf-odatlarini buzgani uchun 12 yilgacha qamalishi mumkinligini aytdi.
  • Qrim rahbari Sergey Aksenov tarmoqda Bog‘chasaroydagi to‘ylardan birida «Chervona Kalina» qo‘shig‘i kuylangani aks etgan video tarqalgach, «natsionalistik madhiyalarni kuylaganlar»ga jinoiy ish ochish bilan tahdid qildi 
  • Moskva va Sankt-Peterburgning 18 okrugidagi munitsipal deputatlar RF prezidenti Vladimir Putinning iste’fosi talab etilgan bayonotni imzolashdi.

Quyida 12 sentabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv o‘qqa tutilishi oqibatlari

Elektr uzatish liniyasi fonida ko‘tarilgan tutun. Rossiya armiyasi Xarkiv oblastidan chekingach Xarkiv shahri har kuni o‘qqa tutilmoqda. 12 sentabr kuni shahar yana elektr va suv ta’minotisiz qoldi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Elektr uzatish liniyasida majaqlangan ustun va simlar. Rossiya muhim infratuzilma obektlariga zarba berishda davom etmoqda.
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchilar rossiyaliklar zarbasidan keyin politsiya binosida chiqqan yong‘inni o‘chirmoqda.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbasidan keyin shahardagi ko‘chalardan birida yotgan odam jasadi.
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbasidan vayron bo‘lgan binodan butun qolgan buyumlarini olib chiqayotgan mahalliy aholi vakillari. Ukraina Bosh shtabiga ko‘ra, kun davomida rossiyalik harbiylar Ukraina hududidagi harbiy va fuqarolik obektlari bo‘ylab ikkita raketa va 25 aviatsiya zarbasi yo‘llagan, baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan 11 ta snaryad uchirilgan.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

 Xarkiv oblastining ukrain harbiylari ozod etgan hududlari

Ukrain harbiysi snaryad kelib tushishidan yakson bo‘lgan avtomobil fonida. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy sentabr oyi boshidan buyon ukrain armiyasi mamlakat sharqi va janubida olti ming kvadrat kilometr hududini ozod qilgani haqida aytdi.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Ukrainlarning Xarkiv oblastidagi yo‘llardan birida turgan o‘ziyurar artilleriya qurilmasi.
Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastidagi yo‘llardan birida o‘zining yarador quroldoshiga yordam berayotgan ukrainalik harbiy. Yaqin joyda ukrainlar harbiy texnikalari turganini ko‘rish mumkin. Foto: Kostiantyn Liberov / AP / Scanpix / LETA
Rossiyalik askarlar Xarkiv oblastining Udi qishlog‘idagi hovlida daraxtga o‘rnatib ketgan mina.
Ukraina milliy politsiyasi matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya armiyasi chekinish vaqtida Izyum shahri atrofidagi hovlida tashlab ketilgan piyodalar jangovar mashinasi.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiysi rossiyalik harbiylar qoldirib ketgan tankni ko‘zdan kechirmoqda.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

Belgorod oblastidagi qochqinlar

Belgoroddagi («Viraj» avtomobil-sport kompleksi hududida) ukrain qochqinlarini vaqtincha qabul qilish markazi. 45 ta palatkaga Xarkiv oblastidan qochib o‘tgan taxminan 500 kishi joylashtirilgan.
Anton Vergun / TASS
Keksa ayolga yordam ko‘rsatayotgan ko‘ngilli.
Anton Vergun / TASS

Kramatorskka zarba

Rossiyaliklar zarbasidan keyin yarim vayronaga aylangan uy yaqinida paydo bo‘lgan haybatli o‘raga qarab turgan ayol. «Kramatorsk aviatsiya va raketalar bilan o‘qqa tutilmoqda, kechaning o‘zida oltita raketa uchib keldi», — dedi dushanba kuni shahar meri Oleksandr Goncharenko.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA
Lampa ko‘targan ayol zarbalardan keyin uydagi shikastlanish darajasini ko‘zdan kechirmoqda.
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA

 

Mavzuga oid