Jahon | 18:05 / 14.09.2022
20748
3 daqiqa o‘qiladi

«Vaziyat murakkab». «LXR»dagilar Ukraina qo‘shini yaqinlashib kelayotgani haqida xabar bermoqda

© RIA Novosti / Valeriy Melnikov

O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan «Luhansk xalq respublikasi» xalq militsiyasi vakili Andrey Marochko ukrain qo‘shinlari respublika chegaralariga yaqinlashib kelgani haqida ma’lum qildi.

U «Rossiya 1» efirida aytishicha, ayrim uchastkalarda to‘qnashuv chizig‘i «LXR» nazoratidagi hududlar chegarasidan taxminan 10 kilometr masofadan o‘tmoqda. «Harbiy harakatlar uchun bu juda qisqa masofa», — degan u va «vaziyat chindan murakkab tus olgani»ni qayd etgan.

Marochko «LXR» hududlari «xalq militsiyasi» va «ittifoqchi kuchlar» tomonidan «to‘liq nazorat qilinayotgani»ni ta’kidlagan. Ammo, uning qayd etishicha, so‘nggi kunlarda Ukraina qurolli kuchlari tomonidan berilayotgan zarbalar «geometrik progressiya bo‘yicha o‘sa boshlagan».

  • Luhansk oblastidagi kichik hudud — Verxnekamenskoye qishlog‘i atrofini «LXR» Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumi boshlanishidan oldin ham nazorat qilmayotgandi. So‘nggi kunlarda boshqa yo‘nalishlarda ham, xususan Xarkiv oblastida Kupyansk hududida va Donetsk oblastida Yampolda front chizig‘i Luhansk oblastiga yaqinlashdi.
  • Avgust oyi oxiri — sentabr oyi boshida ukrain harbiylari Xerson va Xarkiv oblastlarida keng ko‘lamli qarshi hujum boshladi, natijada, 13 sentabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, jami 6000 kvadrat kilometr hudud ozod etilgan.
  • Ukrainaning Luhansk oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gayday 14 sentabr kuni regionda allaqachon deokkupatsiya bo‘yicha oblast shtabi tuzilganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u sabrli bo‘lishga chaqirgan. «Afsuski, biz ertagayoq Luhanskda bo‘la olmaymiz, ammo bu tez orada ro‘y beradi», — deya yozgan u.

Mavzuga oid