«Bu nima bilan tugashini ko‘ramiz». Putin Ukrainaning qarshi hujumi haqida
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina armiyasining Xarkivda 10 kun muqaddam boshlangan qarshi hujumiga qanday baho berishi to‘g‘risidagi savolga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob berishdan qochdi. U Rossiya to‘liq kuch bilan jang qilmayotgani, Donbassda hujum amaliyoti davom etayotganini aytdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida Ukraina borasidagi bir necha savolga javob berdi.
Ukrainaning qarshi hujumi haqida
Kiyev hukumati faol qarshi hujum operatsiyasini o‘tkazayotganini aytdi. Bu qanday rivojlanishini va nima bilan tugashini ko‘ramiz. Kiyev Ukraina xavfsizligi kafolatlari loyihasi doirasida nimani taklif qilayotgani bilan tanish emasman. Biz Kiyev hukumati bilan muzokara jarayonini o‘tkazdik, biroq ular barcha kelishuvlardan bosh tortdi. Ular jang maydonida g‘alabaga erishishlarini e’lon qilishdi. Oq yo‘l. Hozir ular mana shunga urinishmoqda. Maxsus harbiy operatsiya boshlanguniga qadar biz Rossiyaning xavfsizligini ta’minlash choralari haqida gapirgandik. Lekin hech kim bunga e’tibor qaratishni muhim deb hisoblamadi.
«Maxsus operatsiya»ning maqsadi haqida
Maxsus harbiy operatsiya rejasini tahrirlashning keragi yo‘q. Asosiy maqsad butun Donbass hududini ozod qilish. Donbassning o‘zida hujum operatsiyalarimiz to‘xtagani yo‘q. Ular sekinlik bilan, lekin sobit kechmoqda, Rossiya armiyasi muntazam ravishda yangi va yangi hududlarni egallayapti. Biz butun armiyamiz bilan jang qilmayapmiz, biz Rossiya armiyasining bir qismi, shartnomachi qismi bilan jang olib boryapmiz. Biz shoshmayapmiz. Asosiy vazifa o‘zgarishsiz qoladi va u amalga oshiriladi.
Ukraina bilan muzokaralar shartlari haqida
Ular rad etishmoqda axir. Birinchi shart – ularning rozi bo‘lishi, lekin buni xohlashmayapti. Janob Zelenskiy tayyor emasligi va Rossiya bilan gaplashishni xohlamasligini oshkora e’lon qildi. Tayyor emasmi – kerakmas. Erdo‘g‘an har doim, anchadan beri Zelenskiy bilan uchrashishni taklif qiladi. Buning hech qanday yomon tomoni yo‘q, Turkiya prezidenti vaziyatni barqarorlashtirishga sezilarli hissa qo‘shmoqda.
Rossiya hududiga zarbalar berilishi haqida
Maxsus harbiy operatsiya davomida terrorchilik harakatlarini amalga oshirishga, fuqarolik infratuzilmamizga zarar yetkazishga urinishlarni ko‘ryapmiz. Bunga yetarlicha bosiqlik bilan javob qaytaryapmiz. Lekin bu vaqtincha. Yaqinda Rossiya qurolli kuchlari bir juft og‘riqli zarba berdi. Buni ogohlantiruvchi zarba deb hisoblaymiz. Agar vaziyat shunday rivojlanishda davom etadigan bo‘lsa, javob yanada jiddiy bo‘ladi.
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
17:55 / 23.11.2024
WSJ: Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
17:53 / 23.11.2024