O‘zbekiston | 07:23 / 16.09.2022
6856
1 daqiqa o‘qiladi

Narendra Modi Samarqandga keldi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Shanhay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Samarqandga keldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Hindiston bosh vaziri O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazadi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.

Mavzuga oid