O‘zbekiston | 11:04 / 16.09.2022
15381
2 daqiqa o‘qiladi

ShHT Samarqand sammiti asosiy majlisi boshlandi

16 sentabr kuni Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari ishtirokidagi sammit boshlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz

Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirish nutqini so‘zladi.

"Sammitimiz, shubhasiz, tarixiy voqeadir. Bu pandemiya sinovlaridan so‘ng uzoq kutilgan do‘stlarning yuzma-yuz uchrashuvidir. Bu shaxsiy muloqot, ShHT mamlakatlarning kelajagini belgilab beruvchi qo‘shma qarorlar qabul qilish imkoniyatidir,” - dedi davlat rahbari.

“Bu tadbir O‘zbekiston raisligida tarixiy Samarqandda o‘tayotgani biz uchun katta faxrdir. Umid qilamanki, kecha Samarqand ruhi va xalqimizning ko‘p yillik tarixiy madaniyati bilan tanishdingiz”, - deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mirziyoyevga ko‘ra, bugungi tadbir doirasida ShHT davlatlari yetakchilari 40 dan ortiq xalqaro kelishuvlarni imzolashi ko‘zda tutilgan.

Foto: Akorda.kz

Tadbirning qolgan qismi tor doirada davom etmoqda.

Foto: Akorda.kz
Foto: Akorda.kz

ShHTga kuzatuvchi hamda mehmon sifatida taklif qilingan Belarus, Eron, Mongoliya, Turkiya, Ozarboyjon, Turkmaniston yetakchilari majlisga tadbirning kengaytirilgan qismida qo‘shiladi.

Mavzuga oid