O‘zbekiston | 10:50 / 22.09.2022
12683
1 daqiqa o‘qiladi

Hisor qo‘riqxonasidagi kamera obektiviga Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayiqlari muhrlandi 

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi Hisor davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonlar Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayiqlarini kamera obektiviga muhrladi.

Qo‘ng‘ir ayiq — respublika faunasi noyob turlaridan biri. Mutaxassislar tili bilan aytganda, u tabiatan kamyob, ya’ni mozaik tarqalgan kenja tur sanaladi.

Odatda, ayiqlar qish mavsumi yaqinlashar ekan, qishki uyquga ketishdan oldin to‘yib ovqatlanishga va bu bilan o‘ziga kerakli bo‘lgan moddalarni, vitaminlarni to‘plab olishga harakat qiladi. Fotoqopqonlar olgan tasvirlarda ham ular oziq izlab yurganini ko‘rish mumkin.

Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i Qizil ro‘yxat va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Hisor davlat qo‘riqxonasi hududida aniqlangan ayiqlar soni hozirda 150 boshdan ortiq va qo‘riqxonaning deyarli barcha hududlarida uchraydi.

Mavzuga oid