Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini import qiladi
Misr kompaniyasi va O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Misrning Lotus Garment Group kompaniyasi rahbari Xusam Gabrning O‘zbekistondagi yirik to‘qimachilik kompaniyalari vakillari bilan onlayn muzokaralari tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Bundan tashqari, Misr kompaniyasi rahbarining mamlakat qator viloyatlari mutasaddilari va to‘qimachilik korxonalari rahbarlari bilan muloqoti uyushtirildi.
Xusam Gabr ma’lum qilishicha, Lotus Garment Group kompaniyasiga 1994 yilda asos solingan. Korxonada asosan jinsi matolaridan tayyor kiyimlar ishlab chiqariladi, mahsulotlar AQSh va Yevropa bozorlarida sotiladi. Kompaniya Port Said hamda 10-Ramazon industrial zonalarida 11 mingdan ortiq ishchi mehnat qiladi. To‘qimachilik mahsulotlariga, ip-kalavaga bo‘lgan oylik ehtiyoj 500-600 tonnani tashkil etadi.
Lotus Garment Group rahbari O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlari yaxshi sifatga egaligi bois ularni import qilish niyatida ekanini bildirdi. Misr tomoni so‘roviga binoan, O‘zbekiston korxonalari o‘zi tomonidan ishlab chiqarayotgan mahsulot namunalarini yaqin kunlarda Lotus Garment Group manziliga yetkazishga hamda tegishli texnik sinovlar o‘tkazilganidan so‘ng narx-navo, eksport hajmi hamda shartlari bo‘yicha bir to‘xtamga kelib, tegishli huquqiy hujjatlarni imzolashga kelishib olindi.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
14:00 / 20.05.2025
Germaniya O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida ishlayotgan ayol menejerlarni qo‘llab-quvvatlaydi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025