Toshkentdagi ayrim sud binolarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
Toshkent shahrida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahridagi ayrim sud binolarida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari strategik obektlarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida o‘tkazib turiladi.
“Hurmatli fuqarolar. Xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni so‘raymiz”, deyiladi ma’lumotda.
Bundan oldin ijtimoiy tarmoqlarda jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani va fuqarolik tumanlararo sudidan tashrif buyuruvchilar va sud xodimlari tashqariga chiqarib yuborilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.
Mavzuga oid
17:48 / 22.11.2024
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024