Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xavfsizlik kuchlari Moskvada qo‘lga olingan faolni zo‘rlagan
Moskvada xavfsizlik kuchlari qo‘lga olingan faolni kaltaklagan va uni zo‘rlagan, deb xabar beradi OAV.
Moskvada xavfsizlik kuchlari faol Artyom Kamardinni qo‘lga olinganidan so‘ng urib, zo‘rlagan, deb xabar bermoqda «Novaya gazeta. Yevropa» 26 sentabr, dushanba kuni manbasiga tayanib.
«Kamardinni juda qattiq kaltaklashgan va zo‘rlashgan», — dedi manba. Shundan so‘ng Triumfalnaya maydonidagi Mayakovskiy o‘qishlarida Donbass haqida she’rlar o‘qigan faol kamera oldida kechirim so‘rashga majbur qilingan. Keyinchalik xavfsizlik kuchlariga yaqin 112 Telegram-kanalida uzr so‘ralgan video paydo bo‘ldi.
Kamardin va yana ikki faol - Aleksandra Popova va Aleksandr Menyukov o‘z uyida qo‘lga olingani tasvirlari ham o‘sha kanalda berildi. Videoda maxsus kuchlar kvartiraga bostirib kirib, ularni yuzini polga qaratib qo‘ygani ko‘rinadi. Uzr so‘ragan videoda Kamardinning yuzida zarba izlari va ko‘kargan joylar bor. «Kecha aytganlarim uchun Rossiyaning ko‘p millatli xalqi oldida tavba qilaman», deydi u.
Uch nafar fuqaro TQning Tverskoy tumanidagi bo‘limiga olib ketildi. Mediazona manbasiga ko‘ra, qiynoqlar uch nafar fuqaroning oldiga advokat borgunicha sodir bo‘lgan. Kamardinning o‘zi keyinroq unga kaltaklashgani va zo‘rlashgani haqida gapirib bergan.
Popovaning so‘zlariga ko‘ra, bo‘limda xavfsizlik kuchlari uning yuziga superelim bilan stiker yopishtirib, og‘zini yopib qo‘yishga uringan, sochlarini yulib, tepishgan va besh kishi zo‘rlashi bilan tahdid qilishgan. Keyin, qizning so‘zlariga ko‘ra, unga Kamardinning zo‘rlangani aks etgan video ko‘rsatilgan, deb yozadi «Novaya gazeta. Yevropa».
«Men Artyom kechirim so‘rashga majbur qilinganini eshitdim va unga: «Yechintirlaring buni, maraz» deb baqirishdi. Aftidan, ular zo‘rlash uchun ishlatilgan buyumni topib, shunday qilishgan. Keyin menga uning kaltaklangani aks etgan surat va videolarni ko‘rsatishdi. Ularda xonada hamma narsa qonga belangan edi», dedi Popova Mediazona nashriga.
25 sentabr kuni Artyom Kamardin Moskvadagi Triumfalnaya maydonida shoir Vladimir Mayakovskiy haykali oldida bo‘lib o‘tadigan Mayakovskiy o‘qishlarida - she’riyat kechalarida ishtirok etdi. 25 sentabrdagi o‘qishlar «aksilsafarbarlik» deb e’lon qilindi.
Kamardin zo‘ravonlik bilan tahdid qilib, adovat yoki dushmanlik qo‘zg‘atish (Jinoyat kodeksining 282.2-moddasi 2-qismi «a» bandi) bo‘yicha gumonlanuvchiga aylangan, dedi advokat Leonid Solovyov. Faol 48 soatga qo‘lga olingan. Tergov bo‘limiga tez yordam mashinasi ham yetib kelgan. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Kamardinga kaltaklash vaqtida miya chayqalgani tufayli tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025