Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyalik professor 350 dan ortiq noyob kitoblarni O‘zbekistonga taqdim etdi
O‘zbekiston bosh konsulligi xodimlarining Makka shahridagi «Ummul Quro» universiteti professori, doktor Nadiya Ibrohim Buxoriy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Suhbatda O‘zbekistonda ta’lim va ilm-fan sohasidagi islohotlar, so‘nggi 6 yilda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazi, Imom Buxoriy tadqiqotlar markazi, Hadis ilmi maktabi kabi ilmiy muassasalar tashkil etilgani to‘g‘risida ma’lumotlar Saudiya Arabistoni vakili e’tiboriga havola qilindi.
Nadiya Ibrohim Buxoriy O‘zbekiston Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zaxashariy, Ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi buyuk mutafakkir olimlar yurti ekanini alohida ta’kidladi. U ota-bobolari yurti – O‘zbekistonga qilgan safarini ham yodga oldi.
Uchrashuvda Nadiya Buxoriy ko‘p yillar davomida to‘plagan ilm-fanning turli sohalariga oid 350 dan ortiq kitoblarni O‘zbekistonning ilmiy muassasalariga yetkazishni so‘rab bosh konsulxonaga taqdim etdi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida tashkil etilgan Arab tili markaziga, Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy ilmiy tadqiqotlar markazi va Hadis ilmi maktabiga taqdim etiladigan ushbu noyob adabiyotlar yaqin kunlarda O‘zbekistonga yetkaziladi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025