Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya Rossiya bilan chegaradosh hududlarda favqulodda holat joriy qildi
Favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi qaror Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida safarbarlik e’lon qilish qarori fonida qabul qilingan. Latviya safarbarlikdan qochganlar oqimining keskin ko‘payishidan xavotirda.
Rossiyada Ukrainaga qarshi urushda e’lon qilingan «qisman safarbarlik» fonida Latviya hukumati Rossiya bilan chegaradosh hududlarda favqulodda holat joriy qilmoqda. Riga hukumati saytida 27 sentabr kuni joylashtirilgan press-relizga ko‘ra, favqulodda choralar 28 sentabr, chorshanba kuni uch oy muddatga kuchga kiradi.
Hujjatga ko‘ra, favqulodda holat Aluksne, Balvi va Ludza hududida, shuningdek, portlar, aeroportlar, chegara o‘tkazish punktlari va temiryo‘llarda joriy etilgan. Xabarda qayd etilishicha, ayni damda Latviya-Rossiya chegarasida vaziyat barqaror, osoyishta va qattiq nazorat ostida, biroq rossiyaliklarning keskin oqib kelishi xavfi mavjud.
«Chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinishlarning oldini olish uchun kuchaytirilgan nazorat o‘rnatilgan. Biroq, qisqa vaqt ichida muhojirlar soni ko‘payishi kuzatilganida, chegarachilar zudlik bilan qo‘shimcha resurslarni jalb qilishi kerak - davlat politsiyasi, davlat xavfsizlik xizmati va milliy qurolli kuchlar. Bunda, chegarada favqulodda holat e’lon qilish lozim. Vaziyatning keskinlashishini kutmasdan, oldindan ehtiyot choralarini ko‘rishimiz shart», — dedi Latviya ichki ishlar vaziri Kristaps Eklons.
Hukumatning ta’kidlashicha, faqat 19 sentabrdan kuchga kirgan yangi mezonlarga javob beradigan rossiyaliklar Latviyaga kiritiladi. «19 sentabrdan hozirgi kunga qadar 57 nafar Rossiya fuqarosiga kirish taqiqlangan. Birorta ham Rossiya fuqarosi Latviya chegarasini sayyoh sifatida kesib o‘ta olmaydi. Davlat chegara xizmati nazoratni kuchaytirdi, jumladan, barcha shaxslarni sinchiklab tekshiryapti», deyiladi ma’lumotda.
1 sentabr kuni Pragada bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuvda Yevropa ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Rossiya va YeI o‘rtasida vizalar berishning soddalashtirilgan tartibi haqidagi kelishuvni to‘xtatib turishga kelishib oldi. Bu - viza olishni uzoqroq, qiyinroq va qimmatroq qildi. Shuningdek, Rossiya bilan chegaradosh davlatlar Rossiya fuqarolarining kirishini milliy darajada cheklashi mumkinligi haqida qaror qabul qilindi.
Shundan so‘ng, Polsha, Litva, Latviya va Estoniya Yevropa ittifoqiga tashrif buyurishidan maqsad turizm, biznes, sport yoki madaniyat bo‘lgan Rossiya fuqarolarining kirishiga muvofiqlashtirilgan tarzda cheklovlar joriy etishga kelishib oldi. Istisnolar faqat yuk mashinalari haydovchilari, diplomatlar va gumanitar sabablarga ko‘ra chegarani kesib o‘tganlar, jumladan dissidentlar uchun amal qiladi. Rossiyadagi safarbarlik fonida Latviya safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarga gumanitar va boshqa vizalar bermasligini e’lon qilgan.
Mavzuga oid
11:47 / 23.05.2025
Latviya Rossiya harbiy kompleksiga aloqadorlikda gumon qilingan kompaniyani tekshirmoqda
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025