Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Senati Ukrainaga 12 mlrd dollarlik yordam ko‘rsatishni ma’qulladi
AQSh Senati Ukrainaga yana 12 milliard dollar ajratishni ma’qulladi. Yangi yordam paketi imkon qadar tezroq tasdiqlanishi kutilmoqda.
29 sentabr, payshanba kuni AQSh Senati hukumat dasturlarini vaqtinchalik moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi, unda Ukrainaga 12,3 milliard dollar miqdoridagi favqulodda yordamning yangi paketi ham ko‘zda tutilgan.
Bu mablag‘lar Ukraina xavfsizligini ta’minlash, Rossiya Federatsiyasi tomonidan egallab olingan «uning hududlarini qayta olib qo‘yish uchun kurashni davom ettirish»ga mo‘ljallangan, deb ta’kidlaydi The New York Times.
Nashr ma’lumotlarida yozilishicha, qonun loyihasi Vakillar palatasiga yuborilgan, u 30 sentabrda qabul qilinishi kutilmoqda. Shundan so‘ng qonunni AQSh prezidenti Jo Bayden imzolashi kerak bo‘ladi.
Qonun 16 dekabrga qadar AQSh hukumati va uning faoliyatini hozirgi darajada moliyalashtirishni davom ettirish imkonini beradi. Uzoq muddatli moliyalashtirish choralari bo‘yicha muzokaralar noyabr oyidagi AQSh Kongressi Vakillar palatasiga saylovlargacha qoldirildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:00 / 28.05.2025