Ukraina Liman yaqinidagi beshta aholi punktini ozod qildi
Ukraina harbiylari Donetsk oblastining Liman shahri yaqinidagi beshta aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Sharqiy qo‘shinlar guruhi vakili Sergey Cherevatiy ma’lum qildi.
Qo‘shinlar guruhi vakili tegishli ma’lumotni teleefir vaqtida aytgan, deb xabar bermoqda «Suspilne» nashri.
Sergey Cherevatiyning so‘zlariga ko‘ra, Yampol, Novoselovka, Shandrigolovo, Drobishevo, Stavki aholi punktlari ozod qilingan.
Avvalroq Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Oleksiy Arestovich Ukraina Qurolli kuchlari Limanni bir necha kun ichida Rossiya okkupatsiyasidan ozod qilishi mumkinligini aytgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha shahar to‘g‘risidagi vaziyat haqida to‘liq ma’lumot yo‘q. Ba’zi manbalarga ko‘ra, shahar allaqachon to‘liq o‘rab olingan, boshqa ma’lumotlarga qaraganda, rossiyaliklarda hali ham shahardan chiqib ketish imkoniyati mavjud.
Bundan oldin prezident Volodimir Zelenskiy devonining maslahatchisi Oleksiy Arestovich Limanda 5,5 mingga yaqin rossiyaliklar qurshab olinishi mumkinligini bildirgandi.
Turli manbalarga ko‘ra, qurshovda 2,5 mingdan 5,5 minggacha rossiyalik harbiy xizmatchilar bor, deb xabar qildi Oleksiy Arestovich.
Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti (ISW) Ukraina qo‘shinlari Donetsk oblastining Liman hududida Rossiya kuchlarini qamal qilishni yakunlagan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot bergandi.
Tahlilchilarga ko‘ra, ukrainaliklar Limandan 10 km shimolda joylashgan Stavok hududida Rossiya mudofaasini yorib o‘tib, Liman g‘arbidagi chiziqni ushlab turgan rossiyaliklar uchun oxirgi ta’minot kanali va chiqish bo‘lgan Torskoye-Drobishevo yo‘lini to‘sib qo‘yishgan.
ISW ta’kidlashicha, Drobishevo va Liman hududlarida mudofaani ushlab turgan 20-armiyaning BARS-13 bo‘linmalari va 752-motoo‘qchilar polki «o‘ta og‘ir» vaziyatga tushib qolgan. ISW ekspertlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari Limanni ozod qilishga qodir.
Mavzuga oid
10:46
Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun maxsus vakil tayinlaydi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024