Jahon | 14:57 / 03.10.2022
12618
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya prezidenti maslahatchisi O‘zbekistonga keladi

Foto: RIA Novosti

3-6 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi prezidenti maslahatchisi, Inson huquqlari bo‘yicha kengash (IHK) raisi Valeriy Fadeyev amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Bu haqda Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash matbuot xizmati xabar berdi.

Valeriy Fadeyev Samarqand davlat universiteti va Rossiya davlat gumanitar universitetida o‘tkaziladigan «Inson va zamonaviy dunyo qadriyatlari» xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi. Anjumanga yetakchi ziyolilar, siyosat va jamoat arboblari taklif etilgan. 

Ish jadvalida rossiyalik vatandoshlarning mahalliy tashkilotlari vakillari ishtirokida gumanitar hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuv ham o‘rin olgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid