Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qituvchilarga sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra qo‘shimcha haq to‘lanadi
Maktab o‘qituvchilariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga (920 ming so‘m) nisbatan foiz hisobida qator miqdorlarda qo‘shimcha haq to‘lanadi.
“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun quyidagi miqdorda qo‘shimcha haq to‘lanadi:
- 15 nafar o‘quvchigacha – 26,4 foiz;
- 16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha – 31,6 foiz;
- 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha – 36,9 foiz;
- 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha – 42,1 foiz;
- 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda – 52,8 foiz.
Qayd etilishicha, daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) sinfdagi o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda – 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda – 17,6 foiz pul beriladi.
Bundan tashqari, informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq miqdori – 17,6 foiz.
Mavzuga oid
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi
23:22 / 25.04.2025