Jahon | 15:38 / 05.10.2022
22058
8 daqiqa o‘qiladi

Asirlikda ozib ketgan «azovchi», Liman atrofidagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari

4 oktyabr kuni RF Federatsiya kengashi Ukraina hududlari annexia qilinishini bir ovozdan ma’qulladi. Shu bilan bir vaqtda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xerson oblastida yana sakkizta aholi yashash manzili ozod etilgani haqida xabar berdi. U shuningdek, Rossiya bilan muzokaralar olib borish imkonsiz ekani to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.

Ukrainadagi urushning 223-kunidagi asosiy voqealar:

  • Ukraina qurolli kuchlari Xerson oblastida muvaffaqiyatli hujum qilishda davom etdi. Mamlakat rahbariyati region shimoli va Dnepr daryosining o‘ng sohilida kamida 8 ta aholi yashash manzillari ozod etilganini tasdiqladi, norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra raqamlar kattaroq.
  • Rossiya mudofaa vazirligi ukrainlarning qarshi hujumi haqida ma’lumot bermagan, ammo vazirlikning 3 va 4 oktyabr kunlaridagi brifinglarida namoyish etilgan xaritalarda front chizig‘i sezilarli darajada surilgani aks etgan: Rossiya qo‘shinlari Xarkiv oblastini deyarli tark etgan, Xerson oblastida katta masofaga chekingan.
  • Rossiya Federatsiya kengashi bir ovoz bilan Ukrainaning bosib olingan hududlari annexiasi to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qulladi. Bu hujjatlar tez orada Vladimir Putin tomonidan imzolanishi kutilmoqda, shundan keyin ular rasman kuchga kiradi.
  • Prezident Volodimir Zelenskiy Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Putin bilan muzokaralar o‘tkazish imkonsizligi to‘g‘risidagi qarorini tasdiqladi. Bu orqali u Rossiyaning Ukraina hududlarini annexia qilish harakatlariga javob qaytardi.
  • AQSh Ukrainaga 650 mln dollarlik navbatdagi harbiy yordam paketi ajratilishini ma’lum qildi, bu to‘rtta HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimlarini ham o‘z ichiga oladi.
  • Urush boshlanganidan buyon Rossiyani 300 mingdan bir milliongacha bo‘lgan odam tark etgan bo‘lishi mumkin (ularni qabul qilayotgan mamlakatlar statistikasi va Rossiya nashrlarining hukumat organlaridagi manbalariga ko‘ra).
  • Rossiyalik harbiylar tunda eronliklarning Shahed-136 rusumli kamikadze dronlari bilan Belarus chegarasidan 200 km, janubdagi front chizig‘idan qariyb 400 km masofada joylashgan Bila Tserkva shahriga hujumlar uyushtirdi.

Quyida 4 oktyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

To‘rt oy Rossiya asirligida bo‘lgan «Azovstal» mudofaachisi suratlari

«Uydagi birinchi kunimda sartaroshxonaga bordim, sochimni oldirdim. Jabrlanuvchi bo‘lib ko‘rinishni hech qachon xohlamaganman», — deydi Ukrainaga qaytarilgan Dmitriy Kozatskiy (laqabi Orest) fotograflar Konstantin va Vlad Liberovlarga. Kozatskiy — «Azov» jangchisi, u Mariupol himoyachilarini suratga olardi. 20 may kuni u «Azovstal»da qolgan harbiylar bilan birga asirga tushdi.

Uch oy o‘tgach, Rossiya va Ukraina asirlarni almashdi: 215 nafar ukrainalik askar, shu jumladan zavod himoyachilari va «Azov» polki qo‘mondonligi Ukraina asirligidagi Viktor Medvedchuk va 55 nafar rus askari bilan almashtirildi. Uyga qaytgan «azovchi»larning aksariyati asirlikda ozib-to‘zib ketgandi.

Fotosuratchi va «Azov» polki matbuot xizmati rahbari Dmitriy Kozatskiyning (laqabi Orest) asirlikdan qaytgandan keyingi ko‘rinishi.
Kostyantin і Vlada Lіberovi
Kozatskiyning Mariupolda qamalda qolgan «Azovstal» zavodidan olgan qator fotosuratlari Parijda o‘tkazilgan Prix de la Photographie, Paris (Px3) foto tanlovida Press/War yo‘nalishida g‘olib chiqdi va Press umumiy yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu vaqtda fotosuratchining o‘zi Rossiya asirligida edi. Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi
«Orest»ni suratga olishda Konstantin va Vlada Liberovlar Kozatskiyning «Azovstal» qamali vaqtida olingan mashhur suratini takrorlashga urinishdi. Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi

Ukraina qurolli kuchlari ozod etgan Liman va uning atrofidagi qishloqlar

1 oktyabr kuni ukrain harbiylari Donetsk oblastining Liman shahriga kirishdi — urushga qadar 20 ming kishi yashagan bu shaharni Rossiya qo‘shini 2022 yil iyun oyi boshidayoq egallab olgandi. Limandan chekinish vaqtida Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh boshqarmasining 3-gvardiya maxsus kuchlari brigadasidan kamida to‘qqiz nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Bo‘linmaning yana bir harbiysi og‘ir yaralangan. Rossiyalik harbiy muxbirlar esa shahar mudofaasida «ko‘ngillilar», kazaklar, shuningdek «LXR»dan safarbar qilinganlar ishtirok etganini xabar qilgan, ammo elita qo‘shinlari jangchilari ishtiroki tilga olinmagandi.

Donetsk oblastining Liman shahri atrofida Ukraina bayrog‘i ilingan zirhli transportyorda ketayotgan ukrain harbiylari
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiy xizmatchilari ozod etilgan Limanda ukrain bayrog‘i ko‘tarilishi marosimida
Yevgen Honcharenko / EPA / Scanpix / LETA
Yaqinda qaytarib olingan Limanda vayron bo‘lgan binolar
Yevgen Honcharenko / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainlar zirhli transportyori Limandan 16 kilometr uzoqlikdagi Shandrigolovo qishlog‘i vayronalari orasidan o‘tmoqda.
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images
Liman yaqinidagi Shandrigolovo qishlog‘i aholisi rossiyaliklar zarbalaridan vayron bo‘lgan uylari yonida turibdi.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA

Xarkiv va Kramatorsk o‘qqa tutilishi

Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning aytishicha, 4 oktyabrga o‘tar kechasi Xarkiv oblastining ikki rayoni rossiyaliklar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida bir ayol halok bo‘ldi va «muhim infratuzilma» obekti shikastlandi. Shu tunda rossiyalik harbiylar Donetsk oblastidagi Kramatorsk shahriga ham zarba bergan. Kramatorsk shahar kengashi ma’lumotiga ko‘ra, ikki kishi jarohat olgan. 

Zavoddagi yong‘in oqibatlari. Xarkiv oblast prokuraturasiga ko‘ra, hudud rossiyalik harbiylar tomonidan Belgoroddan turib o‘qqa tutilgan
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Xarkivda rossiyaliklar raketasi kelib tushgan elektr podstansiyasini ko‘zdan kechirayotgan ishchi
Sofia Bobok / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblastining Kramatorska shahri aholisi vayron bo‘lgan uy yonida
Juan Barreto / AFP / Scanpix / LETA
Kramatorsk zarbalarga uchrashidan keyin kommunalchilar raketa parchalarini mashinaga yuklamoqda 
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Volodimir Zelenskiy o‘z sahifasida Limanda olingan suratlarni namoyish etdi

Ukraina sharqidagi janglar oqibatlari

Ukraina qurolli kuchlari Xarkiv oblastida qarshi hujumni davom ettirmoqda. Volodimir Zelenskiy Xerson oblastidan tashqari, Xarkiv, Luhansk va Donetsk oblastlaridagi shahar va qishloqlar ham «Rossiyaning soxta referendumidan ozod etilgani» haqida xabar berdi. Uning aytishicha, gap ozod etilgan o‘nlab aholi yashash manzillari haqida bormoqda.

Xarkiv oblastining Yatskovka qishlog‘idagi vayrongarchiliklar
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari Xarkiv oblasti Kupyansk shahri atrofida qolgan rossiyaliklar tankini olib ketishga tayyorlamoqda.
Vasily Zhlobsky / EPA / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastining Kupyansk shahri yaqinida yaqinda qaytarib olingan Petropavlovka qishlog‘ida vayron bo‘lgan kafedagi rossiyalik harbiy jasadini ko‘zdan kechirayotgan ukrain politsiyachisi.
Vasily Zhlobsky / EPA / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi Yatskovka qishlog‘ida o‘qqa tutilgan yonilg‘i quyish shoxobchasi hududidagi ot jasadi
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid