Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kollej va texnikumlarga test sinovi birinchi kun natijalari e’lon qilindi
2022 yil 3 oktyabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
3 oktyabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
2022-2023 o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari 3 oktyabrdan 8 oktyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi.
Bunda, test sinovlari 1-smenada 09:00 dan 12:00 gacha; 2-smenada 14:30 dan 17:30 gacha bo‘lib o‘tadi. Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fandan o‘tkaziladi.
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy fanlar quyidagilar: ona tili; matematika; O‘zbekiston tarixi. Talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Testlarni yechish uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
Mavzuga oid
16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi
17:23 / 12.12.2024
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi
17:46 / 28.10.2024
Apple salomatlik uchun foydali ilovani sinovdan o‘tkazdi
18:39 / 11.10.2024