Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev MDH norasmiy sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.
Sammitda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.

Tadbirda kelgusi haftada Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH Davlat rahbarlari kengashi navbatdagi majlisiga tayyorgarlik bilan bog‘liq dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklik muhim jihatlari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya sohalaridagi yaqin aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan davlat rahbari Rossiyaga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Mavzuga oid
19:06 / 05.03.2025
O‘zbekiston MDH davlatlari uchun FHDYo yagona tizimini ishlab chiqadi
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024