Jahon | 16:09 / 09.10.2022
33264
10 daqiqa o‘qiladi

Qrim ko‘prigidagi portlash oqibatlari va Xersondagi janglar. Urush suratlari

Qrim ko‘prigidagi portlash - Putinning bu urushdagi eng og‘riqli mag‘lubiyatlaridan biri. Bu qanday sodir bo‘ldi.

7 oktyabr kuni Luhansk oblasti rahbari Sergey Gayday Ukraina qurolli kuchlari Kreminna shahridan 40 kilometr masofadagi Grekovka posyolkasi ozod etilgani haqida xabar berdi. «DXR» esa rossiyalik harbiylar Donetsk oblastida Otradovka, Veselaya Dolina va Zaytsevo qishloqlarini egallagani haqida ma’lum qilgan. Kaluga oblastidagi aerodromda dron portladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu Rossiya hududidan uchirilgan dron-kamikadze bo‘lib, u uchish-qo‘nish yo‘lagiga zarar yetkazgan. Ukraina Kuril orollarini Yaponiyaning Rossiya tomonidan egallab olingan hududi deb tan oldi. Rossiyada Ukrainadagi urushga safarbar etilganlar uchun kredit ta’tillari berish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.

8 oktyabr kuni Qrim ko‘prigida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Rasmiy versiyaga ko‘ra, yo‘llardan biri bo‘ylab harakatlangan yuk avtomobili portlatilgan, temiryo‘l orqali unga parallel harakatlangan poyezd sostavidagi yonilg‘i to‘ldirilgan sisternalar yonib ketgan. RF Tergov qo‘mitasi «Qrim ko‘prigidagi hodisa yuzasidan» jinoiy ish ochdi, ammo hali yagona rasmiy versiya ilgari surilmagan, Ukraina esa hodisa uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri javobgarlikni zimmasiga olmagan. Hozirga kelib ko‘prik bo‘ylab harakat qisman tiklangan.

Quyida so‘nggi kunlarda Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kunning asosiy voqeasi. Qrim ko‘prigidagi portlash

Qrim ko‘prigidagi portlashning ilk kadrlari. Bu 8 oktyabr kuni soat 6 da ro‘y berdi. Rossiya tomonining rasmiy versiyasiga ko‘ra, yuk mashinasi portlatilgan, bu vaqtda temiryo‘l bo‘ylab harakatlangan sostavdagi yonilg‘i sisternalarida detonatsiya ro‘y bergan.
Aleksey Yagodinskiy / TASS
Qrim ko‘prigining qulab tushgan uchastkasi. Yo‘llardan biri butun qolgan, shu tufayli o‘sha kun kechqurun ko‘prik bo‘ylab harakat tiklandi.
Moya Feodosiya / TASS
Kerch bo‘g‘ozi ko‘rinishi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash vaqtida besh kishi halok bo‘lgan, bular yuk mashinasi haydovchisi va unga yonma-yon harakatlangan yengil mashinadagi to‘rt kishi - uch erkak va bir ayol.
Vera Katkova / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Portlashdan keyin bo‘g‘ozning Qrim tomonida parom kechuviga kirishda avtomobillarning ulkan navbati hosil bo‘ldi.
Reuters / Scanpix / LETA
Portlashdan keyin yo‘lga qo‘yilgan parom kechuviga kirishda avtomobillarni tekshirayotgan politsiyachi.
Roman Dmitriyev / AFP / Scanpix / LETA
FVV vertolyoti yonilg‘i sisternalaridagi olovni o‘chirish jarayoni.
Sergey Malgavko / TASS
Ko‘prikning Kerch bo‘g‘ozi sohilidan ko‘rinishi. Foto: TASS

Qrim ko‘prigiga hujumdan keyingi Kiyev manzaralari

Qrim ko‘prigidagi portlashga bag‘ishlangan pochta markasi aks etgan plakat fonida selfi qilayotgan kiyevliklar. 8 oktyabr kuni Ukraina pochtasi rasman shunday markalar chiqarilganini e’lon qildi.
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Kreshchatikda ukrainlar qarshilik harakatiga bag‘ishlangan plakat.
Ed Ram / Getty Images
Dnepr yaqinida kunbotish chog‘ida turgan askarlar
Ed Ram / Getty Images

Xarkiv oblastining ozod etilgan hududlaridagi hayot

Ukrain ko‘ngillilari Boguslavka aholisiga oziq-ovqat tarqatmoqda.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Podliman qishlog‘ida yashovchi keksa yoshli ayol gumanitar yordam paketini bag‘riga bosmoqda. Boguslavka kabi Podliman ham 4 oktyabr kuni Ukraina armiyasi nazoratiga qaytgandi.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Oktyabr oyi boshida ozod etilgan Borovaya posyolkasida yashovchilar Oskol daryosidan vaqtinchalik ko‘prik orqali o‘tmoqda.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Peski-Radkovskiye qishlog‘ida yashovchilar rossiyaliklarning yakson etilgan tankini qismlarga ajratmoqda. Oktyabr oyi boshida bu yerda rossiyalik harbiylar tinch aholi vakillari va Ukraina armiyasi asirlarini qiynoqqa solgan kameralar topilgandi.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Xarkivda portlashdan keyingi tutun. Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovga ko‘ra, shahar tunda Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi yaralangan, bir necha binolar vayron bo‘lgan.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA

Ozod etilgan Limandagi qabristonda eksgumatsiya jarayoni

Kriminalistlar Limandagi qabriston hududida. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda 50 ga yaqin qabr qazilgan, ularning bir qismiga kim ko‘milgani noma’lum. Ukrainaning Donetsk oblastidagi bu shahar bir necha oylik istilodan keyin 1 oktyabr kuni rossiyalik harbiylardan qaytarib olindi.
Yevgen Honcharenko / EPA / Scanpix / LETA
Ochilgan qabrlarda ishlayotgan kriminalistlar
Yevgen Honcharenko / EPA / Scanpix / LETA

 Ozod etilgan hududlar aholisi Rossiya istilosi haqida

Donetsk oblastining Shchurovo posyolkasida qabristonda turgan 65 yoshli Svetlana Borisenko. 2022 yil bahoridan buyon rossiyaliklar istilosi ostida bo‘lgan posyolka 17 sentabr kuni ozod etildi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Svetlana Borisenkoning Shchurovodagi uyi oshxonasi. Istilo vaqtida bu yerda rossiyalik askarlar yashagan. Ular uy bekasini o‘zlari uchun ovqat tayyorlab berishga majburlashgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Shchurovoda yashovchi Ivan Lobanov yerto‘ladan chiqmoqda. Uning oilasining Shchurovodagi uyi artilleriya zarbalaridan shikastlangan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ozod etilgan Shchurovodagi vayron bo‘lgan uyi zinasida o‘tirgan Zinaida Chuprina (75 yosh).
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainlarning Donetsk va Ilovaysk bo‘ylab zarbalari

«DXR» qutqaruv xizmati Donetsk oblasti Ilovaysk shahridagi temiryo‘l stansiyasidagi yong‘inni o‘chirmoqda. 2014 yildan buyon rossiyaparast kuchlar nazoratida qolayotgan bu shaharga 8 oktyabr kuni raketa zarbalari yo‘llandi.
Rossiya FVV / TASS
Ilovayskdagi temiryo‘l stansiyasida yong‘in oqibatlari, «DXR» ma’muriyati bunda Ukrainani ayblagan. Rasmiy versiyaga ko‘ra, zarbadan keyin sisternalar joylashgan hududda yonilg‘i sizishi va alanga olishi ro‘y bergan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Nikolay Trishin / TASS
Donetskning Kirov rayonidagi bosmaxonada zarbalardan keyin chiqqan olovni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchi. «DXR» rasmiylari ikki kishi halok bo‘lganini xabar qilgan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Xerson oblastidagi janglar

Xerson oblastidagi front chizig‘ida tin olayotgan ukrain askari
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
2S1 rusumli o‘ziyurar artilleriya qurilmasi («Gvozdika») rossiyaliklarning Xerson oblastidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda. Ukrain kuchlari hujum qilishda davom etmoqda. Ularning asosiy maqsadi Xersonni ozod etish.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Xerson oblastining Kreshenovka posyolkasida o‘z uyi oldidagi 62 yoshli ayol. RF armiyasi ushbu aholi yashash manzilini mart oyi boshida egallab olgandi. Ukraina armiyasi uni 2 oktyabr kuni ozod etdi
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Kreshenovkada Rossiya harbiy texnikasi qoldiqlari
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Xerson oblasti chegarasida yuk mashinasi kuzovidagi snaryadlar ustiga brezent tortayotgan ukrain harbiysi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainlarning «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘t ochilishi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xerson oblasti chegarasida joylashgan qishloqlardan birida patrullik qilayotgan ukrain harbiylari. Oktyabr oyi boshida Ukraina qurolli kuchlari bu regionda 400 kvadrat kilometrdan ortiq hududni ozod qildi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donbass shimolida ozod etilgan aholi yashash manzillaridagi hayot

Ukrain armiyasi askarlari ozod etilgan Shchurovoda tushlik uchun daryoda tutilgan baliqlarni tozalamoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastining Shaxtarsk posyolkasida o‘z texnikasini ta’mirlayotgan ukrain tankchilari
Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Shaxtarskda dam olish vaqtida lentani o‘qqa to‘ldirayotgan ukrainalik pulemyotchi
Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain askarlari ozod etilgan qishloq hududida bir-birining bilagiga ko‘k rangli izolenta taqmoqda — bu Ukraina armiyasining farqlab turuvchi belgisi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain askarlari yuk mashinasi kuzovini brezent bilan yopmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Fuqaro mashinasini boshqa joyga olib o‘tish uchun surayotgan askarlar
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Ozod etilgan Shchurovodagi uy yerto‘lasi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid