Jahon | 18:06 / 10.10.2022
10858
1 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi aniqlandi

Amerikalik iqtisodchilar Ben Bernanke, Duglas Daymond va Filip Dibvig iqtisod yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritdi. Ular banklar va moliyaviy inqirozlar mavzusida tadqiqotlar o‘tkazgan.

Nobel qo‘mitasi xabarida aytilishicha, ularning tadqiqotlari moliyaviy inqirozlarga qarshi kurashish, iqtisoddagi banklarning o‘rnini yanada aniqroq tushunishga yordam beradi. Ularning tadqiqotida banklar inqirozga uchrashiga yo‘l qo‘ymaslik juda muhim ekani haqida so‘z boradi.

Mukofot olganlardan biri bo‘lmish Ben Bernanke 8 yil davomida AQSh Markaziy bankini boshqargan. U 1930-yillardagi Buyuk iqtisodiy depressiya jarayonini o‘rganib tadqiqotlar o‘tkazgan.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid