Jahon | 15:01 / 10.10.2022
23088
5 daqiqa o‘qiladi

Zaporijjyaga zarba oqibatlari, Donbassda ozod etilgan hududlardagi hayot. Urush suratlari

Rossiya qo‘shini Zaporijjyadagi aholi yashash kvartallariga raketa zarbalari yo‘lladi. Shaharda o‘ndan ortiq kishi halok bo‘ldi, aholi yashash uylari vayronaga aylandi.

Vladimir Putin Qrim ko‘prigidagi portlash ukrain maxsus xizmatlari tomonidan tashkillashtirilganini aytdi. Bu haqda The New York Times jurnalistlari ham nomi sir tutilishini istagan ukrainalik yuqori martabali amaldorlaridan biriga tayanib, shuningdek «Ukrainskaya pravda» va UNIAN agentliklari huquq-tartibot organlaridagi manbalariga asoslangan holda xabar berishgandi. 9 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Zaporijjya shahrini o‘qqa tutdi, Ukraina qurolli kuchlariga ko‘ra, shahardagi aholi yashash kvartallariga 20 ta raketa uchib kelgan: 14 kishi halok bo‘lgan. FXX oktyabr oyi boshidan buyon Ukraina tomonidan Bryansk, Kursk va Belgorod oblastlaridagi aholi yashash manzillari 100 dan ortiq zarba kelganini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi Ukrainadagi qo‘shinlarning yangi qo‘mondoni nomini e’lon qildi — bu shu vaqtgacha «Janub» guruhiga rahbarlik qilgan va iyunda Luhansk oblastidagi Severodonetsk shahrini egallagan Sergey Surovikindir.

Quyida 9 oktyabr, urushning 228-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Zaporijjya yoppasiga o‘qqa tutilishi

Zaporijjyadagi ko‘p qavatli uyning 9 oktyabr kungi zarbalardan keyingi ko‘rinishi. Ukraina armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini shahardagi aholi yashash kvartallariga 20 raketa yo‘llagan, 13 kishi halok bo‘lgan.
Reuters / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar xarobalar ostidan topilgan jasadni olib ketishmoqda
Reuters / Scanpix / LETA
Turar joylarga berilgan raketa zarbalaridan omon qilgan qiz telefon orqali gaplashmoqda
Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaning Zaporijjyaga hujumi natijasida halok bo‘lgan tinch aholi vakillari jasadlari solingan qoplar
Reuters / Scanpix / LETA
Zaporijjyada otishmalardan shikastlangan kvartirasida turgan ayol
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Yakson etilgan  uylar hududida ishlayotgan ko‘ngillilar
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Svyatogorsk shahriga Shimoliy Don orqali kechib o‘tish joyi

Donetsk oblastining Svyatogorsk shahrida Shimoliy Don orqali o‘tish uchun qayiq kutayotgan ayollar — Donetsk oblastidagi bu shahar 12 sentabr kuni Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga qaytarildi, shahar iyun oyi boshidan buyon Rossiya istilosi ostida yashayotgandi.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Milliy gvardiy zobitlari Shimoliy Don daryosida. Ular tinch aholi vakillarini daryoning bir sohilidan ikkinchisiga olib o‘tib qo‘yish bilan mashg‘ul. Foto: Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Svyatogorskda Shimoliy Don orqali o‘tgan ko‘prik vayron qilingan
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Svyatogorsklik ayol Milliy gvardiya qayig‘iga chiqmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastining ozod etilgan qismidagi hayot

 

Svyatogorsklik kishi vayron bo‘lgan bino yaqinida shashlik pishirishga tayyorlanmoqda
Carl Court / Getty Images
Svyatogorskda zarbalardan shikastlangan ko‘p qavatli uy yaqinida adyol olib ketayotgan kishi, bu shaharda hamon ichimlik suvi va elektr ta’minoti tiklanmagan. Foto: Carl Court / Getty Images
Svyatogorsk aholisi ko‘p qavatli uy hovlisida itlarni ovqatlantirmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Sosnovoyeda Z harfi aks etgan avtomobil — Donetsk oblasti Kramatorsk rayonidagi bu posyolka sentabr oyi o‘rtalarida ukrain harbiylari tomonidan ozod etilgan
Carl Court / Getty Images
Ukrainalik harbiy Liman shahri yaqinidagi uyni tekshirmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Limanga 1 oktyabr kuni kirgandi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastining Sredneye qishlog‘i yaqinida rossiyaliklar okoplari atrofidagi tankka qarshi minalar solingan quti. Ukraina Limandan shimoli-g‘arbda joylashgan Sredneye qishlog‘ini 29 sentabr kuni ozod etdi.
Carl Court / Getty Images

 

Mavzuga oid