10 oktyabr kuni Ukraina yoppasiga raketa zarbalarini qabul qildi. Kiyev va boshqa shaharlarda uning oqibatlari qanday ko‘rinishda?
10 oktyabr tongida Ukrainaning butun shaharlari, Kiyevdan tortib Odessagacha, yoppasiga o‘qqa tutildi, bunaqasi faqat urushning ilk kunlarida kuzatilgandi. Ukraina hukumati 14 qurbon va 100 ga yaqin yarador haqida xabar bergan. Vladimir Putin bu hujumlar «Kiyev rejimi jinoyatlari»ga javob ekanini aytgan va Rossiya hududida «teraktlar davom etgan taqdirda» javob yanada «qat’iy» bo‘lishini va’da qilgan. Ukraina RF Xavfsizlik kengashi a’zolari — jumladan Dmitriy Medvedev, Sergey Shoygu va Valentina Matviyenkoga qidiruv e’lon qildi. RF Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Medvedev «noqonuniy ta’qib etilishi» yuzasidan jinoiy ish ochdi. Aleksandr Lukashenko Rossiya va Belarus «mintaqaviy guruh joylashtirishi» haqida e’lon qildi: aynan qayerga va nima uchun, bunisiga aniqlik kiritmagan.
Quyida 10 oktyabr, urushning 229-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Kunning asosiy voqeasi: butun Ukraina bo‘ylab raketa zarbalari
Rossiya harbiy kemasidan Ukrainadagi nishonlarga qarata qanotli raketa uchirilishi. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra , rossiyalik harbiylar Ukraina shaharlari tomon 80 dan ortiq raketa uchirgan, shundan yarmi havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali tutib qolingan.
RF mudofaa vazirligi matbuot xizmati / AP / Scanpix / LETA
Kiyevdagi markaziy ko‘chalardan birida yonayotgan mashinalar yonida chopib ketayotgan yigit. Ukraina poytaxtida Rossiya zarbalaridan shikastlangan obektlar qatorida «101 Tower» biznes-markazi binosi ham bo‘lib, u yerda Germaniya elchixonasi viza bo‘limi ham joylashgan. Shuningdek, rayon markaziy temiryo‘l vokzali, Taras Shevchenko nomidagi parkka raketalar kelib tushgan.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevdagi binolardan birining tashqi ko‘rinishi. RF mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shinlari «faqai harbiy boshqaruv, aloqa va energetika obektlari»ga zarbalar berilganini ta’kidlagan .
Hannah Wagner / dpa / Scanpix / LETA
Rossiya Ukraina poytaxtini yoppasiga o‘qqa tutishi qurboni kiyevlik jasadi. Kiyev meriyasiga ko‘ra, shaharda jami besh kishi halok bo‘lib, 50 dan ortiq kishi yaralangan. Foto: Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Yarador kiyevlik
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Yaralangan kiyevlik ayol va uning ikki kuchugini olib chiqayotgan qutqaruvchi
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevga raketa zarbalari vaqtida yaralangan yigit telefon orqali gaplashmoqda
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Munitsipal ishchilar Kiyev markazi o‘qqa tutilishi vaqtida snaryad kelib tushgan bolalar maydonchasida ishlamoqda
Oleksii Chumachenko / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Kiyev markazidagi «101 Tower» biznes-markazining raketa hujumlaridan keyingi ko‘rinishi, bu yerda Germaniya elchixonasi viza bo‘limi (u ko‘p oylardan buyon ishlamayapti va hech kim jabrlanmagan) hamda Samsung kompaniyasi ofisi joylashgan.
Ed Ram / Getty Images
Zaporijjyada xarobalar ostida topilgan jasadni olib chiqayotgan qutqaruvchilar. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, rossiyaliklarning 9 va 10 oktyabr kunlaridagi raketa zarbalari oqibatida shaharda 16 kishi halok bo‘lgan, yuzga yaqin kishi yaralangan. So‘nggi haftada RF qo‘shinlari Zaporijjyani to‘rt bor o‘qqa tutdi.
Reuters / Scanpix / LETA
Slovyansk aholisi xususiy uyda raketa zarbasi oqibatlarini bartaraf etmoqda. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra , rossiyaliklar zarbalari oqibatida shaharda to‘rt kishi halok bo‘lgan.
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Dnepr shahrida raketalardan biri yo‘lga tushib portlagan va avtobustni shikastlagan. Rossiya qo‘shinlari tomonidan Dnepropetrovsk oblasti hududi yoppasiga o‘qqa tutilishi oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘lib, 19 kishi yaralangan.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dneprda halok bo‘lganlar
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Lvivlik kishi shahar uzra ko‘tarilgan tutunga qaramoqda. Lviv oblasti harbiy ma’muriyatiga ko‘ra , region bo‘ylab 15 raketa uchirilgan. Ularning bir qismi havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali urib tushirilgan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Pavlo Palamarchuk / Reuters / Scanpix / LETA
Lviv shahri o‘qqa tutilishi oqibatida elektr o‘chib qoldi. Tunda mahalliy rasmiylar oblastda elektr ta’minoti 90 foizga, Lviv shahrining o‘zida esa 95 foizga tiklanganini xabar qilishdi .
Roman Baluk / Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimolidagi ukrain qo‘shini
Xarkiv va Donetsk oblastlari chegarasidagi Dolina qishlog‘ida tashlab ketilgan rus tankidagi Ukraina bayrog‘i. Bir necha oy davomida ushbu aholi yashash manzili atrofida shiddatli janglar kechgan. 10 sentabr kuni Rossiya armiyasi bu hududdan chekingan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi front chizig‘ida ukrain harbiylari 2S1 «Gvozdika» o‘ziyurar artilleriya qurilmasidan o‘t ochishga tayyorlanmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari askari «Gvozdika»dan o‘t ochilishidan oldin nishon belgilamoqda.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
«Gvozdika»dan o‘t ochilishi. Ukraina qo‘shinlarining Donbassdagi harakatlariga «Vagner» jangchilarining so‘nggi kunlarda jadallashgan yurishi xalal bermoqda .
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblasti Yarovaya shahri ko‘chalari bo‘ylab o‘tayotgan ukrain askarlari. Ukraina qurolli kuchlari shaharni sentabr oyi o‘rtalarida qaytarib oldi. Foto: Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
58 yoshli Valentina Ivanovna uyini tiklash uchun sement xayriya qilishni so‘rab tablichka o‘rnatmoqda. U shahar uchun janglar vaqtida vayron bo‘lgan. Foto: Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Izyumga poyezd qatnovi tiklandi
Xarkivdan Izyumga ketayotgan poyezddagi ota va qiz. Urush boshlanganidan yetti oy o‘tib region rasmiylari temiryo‘l harakatini tiklashga qaror qildi . Izyum 10 sentabr kuni ozod etilgandi .
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Izyum vokzalidagi yo‘lovchilar
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA