O‘zbekiston | 16:51 / 11.10.2022
7319
3 daqiqa o‘qiladi

UnionPay Money Express orqali pul o‘tkazish yanada qulaylashdi

Foto: Ipak Yo‘li

Ipak Yo‘li Mobile mobil ilovasida yangi Money Express xizmati ishga tushdi. Uning yordamida Ipak Yo‘li Mobile’ning identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilari pul mablag‘larini «Ipak Yo‘li» banki tomonidan emissiya qilingan UnionPay, Visa yoki Mastercard kartasidan boshqa bank UnionPay kartasi sohibiga o‘tkazishlari mumkin (O‘zbekiston hududi bo‘ylab va undan tashqarida). Mazkur xizmat pul mablag‘larini pul o‘tkazish tizimlari orqali jo‘natish uchun bankka tashrif o‘rnini bosadi.

Xizmat 24/7 tartibida ko‘plab mamlakatlarga, shuningdek, O‘zbekistondagi UnionPay kartalariga Money Express orqali o‘tkazma jo‘natish imkonini beradi. Jo‘natuvchi UnionPay karta raqami hamda qabul qiluvchi familiya va ismini ko‘rsatishi kifoya.

Batafsil yo‘riqnoma:

O‘tkazmalar bo‘yicha limitlar

 Xalqaro o‘tkazmalar:

§ bir kun davomida eng ko‘pida 2 000 AQSh dollari o‘tkazish mumkin;

§ bir martalik o‘tkazma miqdori 1000 AQSh dollaridan oshmasligi lozim;

§ bir oydagi o‘tkazmalarning umumiy miqdori 9 000 AQSh dollaridan oshmasligi lozim;

§ o‘tkazish mumkin bo‘lgan eng kam pul miqdori 1 AQSh dollarini tashkil etadi.

O‘zbekiston ichidagi o‘tkazmalar:

§ bir kun davomidagi eng ko‘p summa 5000 AQSh dollarini tashkil etadi;

§ bir martalik o‘tkazma miqdori 1000 AQSh dollaridan oshmasligi lozim;

§ bir oy ichidagi o‘tkazmalarning umumiy miqdori 30 000 AQSh dollaridan oshmasligi lozim;

§ o‘tkazish mumkin bo‘lgan eng kam pul miqdori 1 AQSh dollarini tashkil etadi.

O‘tkazmalar bo‘yicha komissiyalar

O‘tkazmalar bank tariflariga muvofiq, o‘tkazma miqdorining 1 foiziga teng, ammo 2 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan komissiya bilan amalga oshiriladi.

Ipak Yo‘li Mobile mobil ilovasini yuklab oling va qulay xizmatlardan foydalaning.

Mobil ilovani yuklab olish

Batafsil

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid