Jahon | 15:52 / 14.10.2022
19866
7 daqiqa o‘qiladi

Mikolayiv o‘qqa tutilishi, Izyumdagi vayronalar. Urush suratlari

13 oktyabr tunida rossiyalik harbiylar Mikolayivni o‘qqa tutishdi, natijada ko‘p kvartirali uy shikastlandi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan, ular orasida — 11 yoshli bola ham bor. Xarkivga ham raketa zarbasi berilgan, shahar meri Igor Terexov elektr ta’minotidagi uzatishlar to‘g‘risida ma’lumot bergan. Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkovning xabar qilishicha, hududda «Ukraina qurolli kuchlari zarbasi oqibatida» o‘q-dori ombori portlagan, Belgorod shahrining o‘zida raketa parchalari ko‘p qavatli turar joy binosiga tushgan, natijada uning eng yuqori qavati shikastlangan. Hech kim halok bo‘lmagan va jarohatlanmagan. Rossiyada ilk bor safarbar qilinganlar orasidagi o‘lim holatlari tasdiqlandi: Chelyabinsk oblasti ma’muriyati regiondan safarbar qilingan besh kishi o‘limi haqida xabar berdi.

Quyida urushning so‘nggi kunlarida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Mikolayivdagi uyga zarba oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Payshanba kuni kechasi Rossiya qo‘shini Mikolayivni o‘qqa tutdi, snaryadlardan biri turar joy binosiga tushgan. Yaradorlar orasida 11 yoshli bola bor edi — u xarobalar ostida olti soat qolib ketgan. Keyinroq u shifoxonada vafot etdi.
Foto: Libkos / AP / Scanpix / LETA
Mikolayivlik kishi otishma oqibatida halok bo‘lgan amakivachchasi jasadi ustida yig‘lamoqda. Kechga yaqin shahar kengashi qurbonlar soni kamida to‘rt kishini tashkil etayotganini xabar qildi.
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Zarba kelib tushgan uydagi kvartiralardan biri
Foto: Libkos / AP / Scanpix / LETA
Mikolayivlik keksa yoshli kishi telefonda gaplashmoqda va yig‘lamoqda.
Foto: Libkos / AP / Scanpix / LETA

Kupyanskdagi bozorda otishmalar oqibati 

Payshanba tongida Rossiya qo‘shinlari Kupyanskni o‘qqa tutishdi — Xarkiv oblastidagi bu shahar 10 sentabr kuni Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ozod etilgandi. Hujum oqibatida shahar bozori hududidagi bir necha do‘kon yonib ketgan. Qurbonlar va jabrlanuvchilar haqida xabar bermagan. Foto: Carl Court / Getty Images

Istilodan keyingi Izyum manzaralari 

Izyumda vayron bo‘lgan ko‘p kvartirali uy. Xarkiv va Donetsk oblastlari chegarasidagi ushbu shahar 11 sentabr kuni ozod etilgan
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Urushning dastlabki kunlarida deyarli uzluksiz davom etgan otishmalardan birida halok bo‘lgan oilaning suratlari.
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Izyumlik ayol ko‘ngillilar tomonidan shaharning muhtoj aholisi uchun to‘plangan poyabzallarni ko‘rib chiqmoqda. Mer o‘rinbosari Volodimir Matsokin ko‘plab vayronalar tufayli Izyum qishga tayyor emasligini aytdi va «aholining zaif qatlamlari»ni shahardan evakuatsiya qilish haqida taklif berdi. Foto: Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Izyum hospitalidagi odamlar
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Izyum aholisi ukrain ko‘ngillilaridan birinchi galda zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va buyumlarni qabul qilmoqda. Shahar aholisi gaz, elektr va ichimlik suvi ta’minotisiz qolmoqda
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Izyumlik ayol ko‘ngillilar bergan oziq-ovqatni uyiga olib kirmoqda. Rossiyaning olti oylik istilosi davrida shahardagi turar joy binolari, shifoxona va maktablarning 90 foizi shikastlangan, 24 fevralga qadar 50 ming kishi yashagan shaharda mingga yaqin kishi halok bo‘lgan.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA

Ozod etilgan qishloqlardan biridagi ukrain sapyorlari

Ukrain sapyorlari Xarkiv oblasti Grakovo qishlog‘ida rossiyaliklar minasida portlab ketgan kishi jasadi yonida. Bu qishloq ukrain harbiylarining sentabr oyidagi qarshi hujumi davomida ozod etilgan.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiylar Grakovoda qoldirgan RF mudofaa vazirligi chiqaradigan «Krasnaya zvezda» gazetasi taxlami, stvolli granatomyot uchun granatalar va gazniqoblar. 
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Ukrain sapyori Grakovoni tozalash vaqtida rossiyalik harbiylar tashlab ketgan o‘q-dorilarni yig‘moqda
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik sapyorlar Grakovoda mina izlashmoqda
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Sapyorlar rossiyalik harbiylar qoldirib ketgan amunitsiyani portlatmoqda
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA

Xersonning ozod etilgan hududlari manzaralari

Ukraina qaytarib olgan Katta Aleksandrovka qishlog‘ida «Vremya Z» va «Zaminirovano» yozuvlari aks etgan devor. Ukraina qurolli kuchlari ushbu aholi yashash manzilini oktyabr oyi boshida o‘z nazoratiga oldi
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Katta Aleksandrovka qishlog‘ida yakson etilgan mashina yonidan o‘tayotgan kishi
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Katta Aleksandrovkadagi vayron bo‘lgan ko‘prik
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari rossiyalik harbiylar Xerson oblastida qazigan okoplarda. Endi bu hudud Ukraina qurolli kuchlari nazoratida.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Okopda rossiyalik harbiylar uchun oshxona vazifasini o‘tagan joy
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Front chizig‘idagi Baxmutdagi hayot

Baxmutlik kishi tankka qarshi to‘siqlar yonidan o‘tmoqda. Rossiya qurolli kuchlari hujumlariga qaramay shahar Ukraina nazoratida qolmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Baxmut shahri markazida otishmalarda vayron bo‘lgan uy
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutlik kishi harbiy harakatlar vaqti vayron bo‘lgan ko‘prik bo‘ylab ketmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Velosipeddagilar Baxmutdagi Aleksandra qishlog‘idagi xarob uy yonidan o‘tishmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

 

Mavzuga oid