O‘zbekiston | 15:57 / 17.10.2022
15931
1 daqiqa o‘qiladi

Nurobod tumaniga hokim tayinlandi

Qo‘mita raisi o‘rinbosari tuman hokimiga aylandi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Nurobod tumani hokimligida o‘tkazilgan xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Sirojiddin Valiqulovich Berdiqulov nomzodi Nurobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sirojiddin Berdiqulov 1979 yilda Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tug‘ilgan.

Mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Nurobod tumaniga 2022 yil martidan buyon hokimlik qilib kelgan Sherali Yo‘ldoshev sentabr oyida lavozimidan ozod etildi. U rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan chetga chiqib qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan ketgan.

Mavzuga oid