Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan shahrida xalqaro asal festivali o‘tkaziladi
Joriy yil 28–30 oktabr kunlari Namangan shahridagi «Afsonalar vodiysi» istirohat bog‘ida birinchi Namangan xalqaro asal festivali o‘tkaziladi.
Festival davomida 250 dan ortiq mahalliy va xorijlik asalarichilar o‘z mahsulotlarini namoyish etadi. Tadbir ishtirokchilari asal mahsulotlari, asalarichilik, asal yig‘ish va asalari uylari haqida barcha ma’lumotlarni bilib olish, asal mumidan malham ishlab chiqarish, asalarichilik hunarmandchiligi buyumlarini tayyorlash, asal bir nechta navlarini tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.
Tadbir dasturidan respublikada qishloq xo‘jaligi turizmini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan «Ilmiy-amaliy konferensiya» va asal ko‘rgazmalari, sport musobaqalari, mehmonlar uchun konsert, asalarichilik sohasidagi yetakchi mahalliy va xorijlik asalarichilik sohasidagi mutaxassislardan mahorat darslari o‘rin olgan.
Festival doirasida «Eng yaxshi qadoqlangan asal» va «Eng tabiiy asal» nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025