O‘zbekiston | 17:44 / 19.10.2022
23580
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda bemorning o‘g‘li 57 yoshli shifokorni do‘pposladi

Shifokor “kalla va bosh miya shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, burun suyagining ochiq sinishi, burun asosi ezilib, yirtilgan jarohati, yuqori jag‘ o‘ngdan qoziq tishning travmatik sinishi, ikkala qovoq-burun asosi gematomalari” tashxisi bilan travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 14 oktyabr kuni kechki payt G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonaga 1970 yilda tug‘ilgan bemor olib kelingan. Unga gipertoniya tashxisi qo‘yilib, tezkor tibbiy yordamga kirishilgan.

Soat 21:00 larda davo muolajalari davom etayotgan paytda jarayonga xalaqit berayotgan bemorning 25 yoshlar atrofidagi o‘g‘li va shifokor To‘lqin Hamroyev o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan va bemorning o‘g‘li shifokorni do‘pposlagan.

Oqibatda, shifokor “kalla va bosh miya shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, burun suyagining ochiq sinishi, burun asosi ezilib, yirtilgan jarohati, yuqori jag‘ o‘ngdan qoziq tishning travmatik sinishi, ikkala qovoq- burun asosi gematomalari” tashxisi bilan travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Viloyat SSB holatni o‘z nazoratiga olgan.

Avvalroq, Toshkent shahri Mirobod tumanida chaqiruvga kelgan «Tez yordam» xodimi va haydovchisi kaltaklangan. Mirobod tuman IIB holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid