Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi Ukrainaga qo‘shimcha gumanitar yordam beradi
Yevropa ittifoqi rescEU mexanizmidan Ukrainaning bir qator mintaqalarida vaqtinchalik qishki boshpanalarni qurish uchun foydalanadi. Kiyevga insonparvarlik yordami 150 million yevroga oshadi, dedi inqirozni boshqarish bo‘yicha Yevropa komissari Lenarchich.
19 oktyabr, chorshanba kuni Yevrokomissiya Ukrainaga qo‘shimcha gumanitar yordam yetkazilishini e’lon qildi. «Kelayotgan qish Ukrainaga jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin va biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerak», - dedi Kiyevga tashrif buyurgan inqirozlarni boshqarish bo‘yicha Yevropa komissari Yanez Lenarchich.
Xususan, gap vaqtinchalik qishki boshpanalarni yaratish haqida bormoqda, buning uchun rescEU favqulodda vaziyatlar mexanizmi ishga tushiriladi. Umuman olganda, Ukrainaga umumiy qiymati 62,3 million yevro bo‘lgan bunday tizimlar va boshqa buyumlar zaxirasi o‘tkaziladi.
Qishki boshpanalar zudlik bilan Ukrainaning uch xil mintaqasida - Rivne, Bucha va Xarkivda joylashtiriladi, dedi Lenarchich. Ruminiyada joylashgan uy-joy zaxirasi bilan Yevropa ittifoqi 46 ming kishiga vaqtinchalik boshpana berishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, Yevropa ittifoqi aholining eng zaif qatlamlarini ta’lim va oziq-ovqat, suvdan foydalanish va qish sovug‘idan himoya qilish uchun yana 175 million yevro ajratib, gumanitar yordamni kuchaytirmoqda. Shundan 150 millioni Ukrainadagi operatsiyalarga, 25 millioni Moldovaga yo‘naltiriladi, deya ta’kidladi Bryussel. Shu tariqa, Ukrainadagi urushga javoban YeI tomonidan ajratilgan gumanitar yordamning umumiy miqdori 500 million yevrodan oshadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025