Jahon | 15:22 / 21.10.2022
27038
6 daqiqa o‘qiladi

Sham yorug‘idagi ukrainlar, poligonga kelgan Putin. Urush suratlari

«Ukrenergo» kompaniyasi rossiyaliklarning 10 oktyabr kungi hujumlari natijasida shikastlangan elektr stansiyalarni ta’mirlash uchun butun mamlakat bo‘ylab rejali o‘chirishlar bo‘lishi haqida e’lon qildi. Volodimir Zelenskiy undagi ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyev Qrim ko‘prigidagi teraktni «buyurtma qilmagani»ni aytdi. Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubov Ukraina qurolli kuchlari regiondagi aholi yashash manzillarini ozod etishda davom etayotganini aytdi, hozirda oblastning 1,8 foiz hududi rossiyaliklar nazoratida qolmoqda. Bundan tashqari, RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Xerson, Luhansk va Donetsk oblastlarida hujumlarni davom ettirmoqda. Vladimir Putin va Sergey Shoygu Ryazan oblastidagi safarbar qilinganlar tayyorlanuvchi o‘quv markaziga keldi. Liz Trass Buyuk Britaniya bosh vazirligidan iste’foga chiqdi — u G‘arbdagi urush boshidan buyon Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlab kelayotgan siyosatchilardan edi.

Quyida 20 oktyabr, urushning 239-kunida Ukraina va Rossiyada olingan asosiy suratlar.

Zaporijjya oblastida gumanitar yordam tarqatilishi 

Mixaylo-Lukashevo qishlog‘i aholisi gumanitar yordam tarqatish punktida ko‘ngillilarga o‘z hujjatlarini ko‘rsatishmoqda. Qishloq Zaporijjyadan 40 kilometr sharqda joylashgan, shahar kabi uni ham Ukraina qurolli kuchlari o‘z nazoratida saqlab qolgan.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Mixaylo-Lukashevo qishlog‘ida gumanitar yordam solingan qutilarni olayotgan aholi vakillari
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Mixaylo-Lukashevo qishlog‘ida yashovchilar velosipedda gumanitar yordam olib qaytmoqda
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Ozod etilgan, lekin hamon atrofida janglar ketayotgan Limandagi hayot 

Uysiz qolgan oila — ularning kvartirasi Ukraina qurolli kuchlari va bosqinchilar o‘rtasidagi janglar vaqtida vayron bo‘lgan. Ukraina qo‘shini Luhansk oblastidagi Liman shahrini 1 oktyabr kuni ozod etgandi. Shahar may oyi oxiridan buyon RF armiyasi nazoratida edi.
Carl Court / Getty Images
Fonar bilan o‘z uyi yerto‘lasida ketayotgan kishi. Liman aholisi hamon to‘xtamayotgan harbiy harakatlar tufayli yerto‘lalar va bombapanalarda jon saqlashga majbur bo‘lmoqda. Luhansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Limanga yangi hujum boshlashga urinmoqda. Gayday Rossiya shahar atrofida safarbar qilingan askarlar va «Vagner» jangchilarini olib kelayotganini aytdi. Foto: Carl Court / Getty Images
Shahar uchun doimiy janglar vaqtida onasi bilan uy yerto‘lasida yashab kelayotgan qizcha
Carl Court / Getty Images
Limandagi uylardan birining yerto‘lasida taom tayyorlayotgan ayol
Carl Court / Getty Images

Safarbar qilinganlar uchun lagerga kelgan Putin 

Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamda Havo-desant qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari Anatoliy Konsev bilan birgalikda Ryazan oblastida G‘arbiy harbiy okrugdagi safarbar qilinganlar tayyorlanuvchi markazga bordi. Rossiyada «qisman safarbarlik» 21 sentabr kuni e’lon qilingandi. RF mudofaa vazirligi 300 ming kishi safarbar etilishini ma’lum qilgan. 19 oktyabr kuni RF prezidenti Ukrainaning bosib olingan hududlarida harbiy holat e’lon qilishni nazarda tutuvchi farmonini imzoladi, Rossiyaning qolgan qismida ham — «qisman» harbiy holat amal qiladi. Foto: RF mudofaa vazirligi / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina bo‘ylab rejali tok o‘chirishlar 

20 oktyabr tongida bir necha soat elektr energiyasi o‘chirilgan Kiyevning ko‘rinishi. Rossiyaliklarning energetika infratuzilmalariga zarbalar oqibatida hukumat 20 oktyabr kuni butun mamlakat bo‘ylab bir necha soatga elektrni o‘chirishga qaror qildi. Shu kuni shaharlarda ko‘chalarni yoritish cheklandi. Energetika infratuzilmasining shikastlangan obektlarini ta’mirlash davom etmoqda
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kiyev oblastining Borodyanka shaharchasida yashovchi ayol elektr energiyasining rejali o‘chirilishi vaqtida. Energetika vaziri maslahatchisi Oleksandr Xarchenkoning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar hujumi natijasida Ukraina energiya infratuzilmasining 40 foizi shikastlangan. Foto: Paula Bronstein / Getty Images
Kiyevdagi kvartirada chiroq nurida plastilindan o‘yinchoq yasayotgan qizcha
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevlik oila shamlar yorug‘ida kechki ovqatga tayyorlanmoqda
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Mikolayivning elektr energiyasidan rejali o‘chirishlar vaqtidagi ko‘rinishi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Borodyankada o‘z uyi derazasida sham tutib turgan keksa yoshli ayol
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Xarkivdagi elektr stansiyasida ta’mirlash ishlari

Xarkiv elektr stansiyasi Rossiya armiyasining 10 oktyabr kungi zarbalaridan shikastlangan. Ukraina hukumatiga ko‘ra, mamlakatdagi elektr stansiyalarning 30 foizdan ortig‘i o‘qqa tutilgan. Hozirda bu obektlarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, fuqarolardan elektr tejash so‘ralmoqda, shuningdek mamlakat bo‘ylab energotizimlar ishlashi barqarorligi uchun rejalashtirilgan o‘chirishlar amalga oshirilmoqda. 

Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid