O‘zbekiston | 13:33 / 21.10.2022
5996
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yuk mashinasi Trailblazer’ning orqa qismiga kelib urildi

Yangihayot tumanida yuk mashinasi va Trailblazer avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YTH haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 19 oktabr kuni soat 10:25 larda Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi Metallurgiya zavod qarshisida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.

Haydovchilar, 1999  yilda tug‘ilgan U.X. SAMS rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1998 yilda tug‘ilgan X.M. boshqaruvidagi Trailblazer avtomashinasining orqa qismiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

YTH sababi: Trailblazer avtoulov haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyodani o‘tkazish uchun to‘xtaganida, orqasidan harakatlanib kelgan yuk avtoulov haydovchisi oraliq masofa saqlamaganligi va yer namligi uchun to‘xtay olmay orqasidan borib urilgan. 

Hodisa natijasida tan jarohatlari olganlar yuq.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid