O‘zbekiston xurmoni asosan Rossiya va Qozog‘istonga sotyapti
O‘zbekiston 9 oyda qariyb 16 ming tonna xurmo eksport qilgan.

Foto: Kun.uz
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston qiymati 9,5 mln AQSh dollariga teng qariyb 16 ming tonna xurmo eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, xurmo eksporti 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,3 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p xurmo eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 8,2 ming tonna;
- Qozog‘iston – 6,5 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 553 tonna;
- Turkmaniston – 422 tonna;
- Belarus R. – 206 tonna;
- Mo‘g‘uliston – 4,4 tonna.
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida xorijga eng ko‘p xurmo eksport qilgan hududlar:
- Farg‘ona viloyati – 4,6 ming tonna;
- Toshkent viloyati – 2,7 ming tonna;
- Surxondaryo viloyati – 2 ming tonna;
- Samarqand viloyati – 1,5 ming tonna;
- Namangan viloyati – 1,3 ming tonna;
- Xorazm viloyati – 1,3 ming tonna;
- Toshkent shahri – 852 tonna;
- Qashqadaryo viloyati – 515 tonna;
- Buxoro viloyati – 459 tonna;
- Andijon viloyati – 358 tonna;
- Jizzax viloyati – 168 tonna;
- Sirdaryo viloyati – 153 tonna;
- Qoraqalpog‘iston R. – 49 tonna.
Mavzuga oid

13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda

10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

21:34 / 27.05.2025