O‘zbekiston | 20:30 / 26.10.2022
5202
1 daqiqa o‘qiladi

Sherzod Shermatov aloqa sohasida hamdo‘stlikka a’zo davlatlar Kengashi raisligiga saylandi

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Aloqa sohasidagi Hududiy Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar aloqa ma’muriyatlari rahbarlarining Kengashi raisi etib saylandi.

AKT vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, Sherzod Shermatov raislikka 26 oktabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ASHH davlatlari Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari Kengashining qo‘shma 58-majlisida saylangan. Bu tashkilotga 30 yildan ortiq Rossiya raislik qilgan va O‘zbekiston vakili ilk marotaba raislikka saylanmoqda.

Sherzod Shermatovning ushbu kengash raisi etib saylanishi O‘zbekistonni mintaqaviy IT habga aylantirish vazifasi yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid