Aholisining o‘rtacha yoshi eng kichik bo‘lgan hudud ma’lum qilindi
Aholisining o‘rtacha yoshi eng kichik bo‘lgan hududlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz
2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining o‘rtacha yoshi eng kichik bo‘lgan tuman va shaharlar orasida Chiroqchi tumani birinchi o‘rinni egalladi – 25,6 yosh.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan doimiy aholining o‘rtacha yoshi mos ravishda 26 yosh hamda 26,1 yosh bo‘lgan Uzun tumani va Urgut tumani joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Baxmal tumani – 26,5 yosh;
- Qo‘shrabod tumani – 26,5 yosh;
- Boysun tumani – 26,5 yosh;
- Dehqonobod tumani – 26,6 yosh;
- Qamashi tumani – 26,7 yosh;
- Bandixon tumani – 26,7 yosh;
- Denov tumani – 26,7 yosh.
Mavzuga oid

14:48 / 14.04.2025
O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni qanchaga oshayotgani aytildi

13:34 / 11.04.2025
O‘zbekistonda doimiy aholining necha foizi mehnatga layoqatli?

15:29 / 05.04.2025
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2 foizga ko‘paydi

10:20 / 12.03.2025