Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada 4 million kishi elektr energiyasidan foydalanishda cheklovlarga ega
4 millionga yaqin ukrainaliklar elektr energiyasidan foydalanishda cheklovlarga ega, chunki ko‘plab shahar va viloyatlarda barqarorlashtirish bo‘yicha elektrni o‘chirish jadvali qo‘llanilyapti, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
«Ayni damda mamlakatimizning ko‘plab shahar va viloyatlarida elektr ta’minotida barqarorlashtiruvchi uzilishlar jadvalidan foydalanilmoqda. Hozirda qariyb 4 million ukrainalik elektr ta’minotida cheklovlarni boshdan kechirmoqda», — dedi prezident.
Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenko Ukrainadagi energiya ta’minoti bilan bog‘liq vaziyatni «favqulodda vaziyat» deb atadi.
«Biz ishlashda davom etamiz. Barqaror elektr ta’minotini tiklash uchun vaqt kerak bo‘ladi. Kelgusi haftadan boshlab jadvallar favqulodda emas, rejali bo‘ladi», deb yozdi u.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy urush boshlanganidan beri Rossiya Ukraina hududiga 4500 ta raketa zarbasi bergani, 8000 dan ortiq havo hujumini amalga oshirganini aytgandi.
Unga ko‘ra, so‘nggi ikki kun ichida 30 ta dron ham uchirilgan, ulardan 23 tasi urib tushirilgan.
Bundan tashqari, X-59 raketasi, ikkita Ka-52 hujum vertolyoti va Su-25 hujumchi samolyoti yo‘q qilindi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025