Xersonga kelgan HIMARS, Baxmut atrofidagi janglar. Urush suratlari
Qarama-qarshilikning navbatdagi kuni RF Qora dengiz flotining Sevastopoldagi bazasiga dronlar hujumi va Rossiya hukumatining ukrain portlaridan bug‘doy olib chiqilishi xavfsizligini ta’minlab kelayotgan «bug‘doy kelishuvi»dan chiqishi bilan yodda qoldi. RF mudofaa vazirligi Buyuk Britaniyani «Shimoliy oqim» quvurlariga diversiya uyushtirishda gumonladi (Londonda bu ayblov yolg‘on ekani ma’lum qilindi). Rossiya telegram-kanallarida Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni, general Aleksandr Lapinning taqdiri faol muhokama qilinmoqda. Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning navbatdagi tanqidlaridan keyin manbalar Lapin lavozimidan ozod etilgani haqida yoza boshladi.
Quyida 29 oktyabr, urushning 248-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar keltiriladi.
Xerson atrofidagi front chizig‘ida HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari paydo bo‘ldi
HIMARS — eng muhim zamonaviy qurollardan biri va Ukrainadagi urushning haqiqiy ramzi. G‘arbdan aynan shunday raketa tizimlari yetkazib berilgani tufayli Ukraina qurolli kuchlari urushda burilish yasadi: Rossiya guruhlarining front ortidagi logistik markazlariga samarali zarbalar berilishi oqibatida RF qurolli kuchlari ta’minoti buzildi va Ukraina armiyasi Xarkiv oblastini qaytarib oldi. Shu bilan birga frontda HIMARS oxirgi vaqtlarga qadar «arvoh qurol»ga aylangandi: bunday tizimlar so‘nggi bor iyul oyi boshida tasvirga tushirilgan. 29 oktyabr kuni HIMARS yana fotograf obektiviga tushdi — bu safar ayni vaqtda harbiy harakatlarning «qaynoq» nuqtalaridan biri bo‘lib turgan Xerson oblastida.
HIMARS sovetlarning baravar o‘t ochish reaktiv tizimlaridan uch muhim afzalligi bilan ajralib turadi: birinchidan, uning uchun standart raketalar GPS orqali o‘zini o‘zi yo‘naltirish tizimiga ega, bu ularning «raqiblar»nikiga qaraganda nishonga aniqroq borishini ta’minlaydi; ikkinchidan, HIMARS nisbatan mobil (o‘z joyini tezda o‘zgartiradi) va ishonchliroq zirhlangan; uchinchidan, alohida konstruksiya tufayli qayta o‘qlashga ancha kam vaqt ketadi.
The New York Times gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Xerson oblastida ham HIMARS’ning barcha ustunliklaridan foydalanmoqda — nashr manbalari frontning bu uchastkasida ukrainlar artilleriyasi aniq va kuchli zarbalar berishda rossiyaliklardan yaxshiroq harakat qilayotganini aytgan.
Ukrainlarning Donetsk oblastidagi pozitsiyalari
Baxmutda snaryad tushishidan yonib ketgan uy
Chernihiv oblastidagi ko‘ngillilar
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024