O‘zbekiston | 10:43 / 31.10.2022
7616
2 daqiqa o‘qiladi

Nodavlat professional ta’lim tashkilotlari uchun talablar soddalashtirildi

Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat sektorda professional ta’limni rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratilishi hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

  • Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
  • nodavlat professional ta’lim tashkilotlari uchun davlat mulki obektlarini ijaraga olish eng ko‘p muddatini 5 yildan 10 yilgacha uzaytirish;
  • nodavlat ta’lim tashkilotlari professional ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun bankdagi hisobvarag‘iga qo‘yiladigan mablag‘ miqdori 50 ming AQSh dollaridan 25 ming AQSh dollarga qisqartirish orqali litsenziya talablari va shartlarini soddalashtirish.

Sport musobaqalari va olimpiada g‘oliblari va sovrindorlarini tayyorlagan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilari (yo‘riqchilari)ga malaka toifa (lavozim)larini to‘g‘ridan to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazmasdan) berish holatlari kengaymoqda.

Mavzuga oid